Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovning aytishicha, Amerika razvedkasi va Pentagonning maxfiy hujjatlari oshkor qilinishi Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda u Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Foto: ABC

“Agar muammo bo‘lsa, u hal qilinadi. Hech qanday muammo bo‘lmasa, undan ham yaxshi. Bu hujum operatsiyalarining chinakam natijalariga ta’sir ko‘rsata olmaydi”, — dedi Budanov.

Unga ko‘ra, maxfiy hujjatlarning tarqalib ketishi Ukraina va ittifoqchilari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qilmaydi.

Intervyuda Kirill Budanov hujjatlarning sizib chiqishidan faqat Rossiya tomoni foyda ko‘rganini ham aytdi.

So‘nggi haftada internetda AQSH razvedkasi va mudofaasiga oid bir qator maxfiy hujjatlar e’lon qilindi, ularda jumladan, Ukraina va Rossiya qo‘shinlarining holati haqida bayon qilingan. 13-aprel kuni AQSH rasmiylari hujjatlarni sizdirishda gumon qilib, harbiy-havo kuchlarining 21 yoshli xodimi Jek Teysheyrani hibsga oldi. Yigitning do‘stlari u urush boshlanganidan beri maxfiy hujjatlarni ulashib kelganini aytishdi.

12-aprel kuni Washington Post gazetasi Ukraina ob-havo sharoiti, uskunalar yetkazib berishning sekinligi, o‘q-dorilar taqchilligi va maxfiy hujjatlarning e’lon qilinishi tufayli bahorga rejalashtirilgan qarshi hujumni keyinga qoldirgani haqida yozdi. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal qarshi hujum yozda boshlanishi mumkinligini aytgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »