Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) harakat qiladigan Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) 9-aprel kuni Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) mag‘lub bo‘lib, WBA va IBF kamarlarini boy berdi.

Foto: Twitter

Mazkur jangda hakamlar qarori ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonlik bokschining o‘zi hakamlar qaroridan qoniqmaganini aytib o‘tdi.

“Jangdan keyin o‘zimni juda yomon his qildim. Tanam harakatda, biroq ichimda hech qanday hayot yo‘q edi. Hayotim bir lahzada barbod bo‘ldi. Bu kunga qadar shuncha ishlagandim, ter to‘kkandim.

Hech qachon jangdan keyin o‘zimni oqlashga harakat qilmaganman. Jangdan keyin qo‘lim ko‘tarilmadimi, demak, yutqazganman. Biroq kiyinish xonasida jamoadoshlarim kirib keldi, menejerlarim va murabbiylarim shunday dedi: ‘Murodjon, ko‘z yoshingni art. Kamarlaringni ol, uyingga bor. Sen yutqazmading!’.

Ha, boshlang‘ich raundlarda bir nechta kuchli zarba o‘tkazib yubordim, biroq taxminan 4-raunddan keyin muvozanatni tikladim. Jangni takroran ko‘rib chiqdim. G‘alaba uchun yetarli narsa qilganman deb o‘ylayman. Menimcha, ular g‘alabaga munosib emas. Mutlaq chempionlik uchun jangga bir qadam qolganda meni bundan mahrum qilishlari kerak emas edi”, — deydi Ahmadaliyev.

Foto: Twitter

Ahmadaliyevning menejeri Vadim Kornilov ham jang natijasidan norozi ekani va bu borada tegishli tashkilotlarga shikoyat qilinishini aytdi.

“Buni qabul qilib bo‘lmaydi. Murodjon uyidan uzoqda buyuk karyera qurdi. Uch marta titullarini himoya qildi, xususan, ikki marta majburiy da’vogarlarni yengdi. Boksda bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Ushbu vaziyatga bu normal holat yoki kimdir jangni shunday ko‘rdi, deb baho berib bo‘lmaydi. Ayrimlar shikoyatga o‘rin yo‘q, jang raqobatga boy bo‘ldi demoqda. Biroq biz ko‘plab ekspertlardan jangni tahlil qilishni so‘radik va ularning barchasi bir necha raundni bir ovozdan Ahamadaliyevga berdi. Ya’ni, u kamarni himoya qilish uchun yetarlicha ish qilganini aytishdi.

Qaror borasida WBA, IBF va Texas atletika komissiyasiga shikoyat kiritmoqchimiz. Ayni vaqtda buning uchun kerakli hujjatlarni to‘playapmiz. Revansh o‘tkazilishini talab qilamiz”, — deydi Kornilov.

Yarim og‘ir vazn toifasida WBA chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol ham hakamlar qaroridan hayratga tushganini yashirib o‘tirmadi.

“Ochig‘ini aytsam, bu sharmandalik va bunday holatlar boks uchun katta zararga ishlaydi. Bu jangda Murodjonning aniq g‘alaba qozonganini ko‘rdim va natija e’lon  qilinganida hayratda qoldim”, — deydi Bivol.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »