Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Fasihuddin Fitrat Afg‘oniston havo hududida dronlarning uchishini qoraladi va armiya zenit-raketalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishini aytdi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: TOLOnews

Fitrat asosiy e’tibori Afg‘oniston havo hududini dronlar va boshqa hujumlardan himoya qilish ekanini aytdi. U har bir mamlakat hududi va havo kengliklarini himoya qilish uchun zenit-raketalarga ehtiyoji borligini ta’kidladi. “Tolibon” rasmiysi Afg‘oniston ham shu uchun bunday qurol tizimiga ega bo‘lishga intilayotganini aytdi.

“Hech shubha yo‘qki, Afg‘oniston unga ega bo‘lish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda. Biz havo hududimizni himoya qilish va bunag yechim topish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Buning ustida bor kuchimiz bilan ishlaymiz va uni qayerdan olishimiz ham sir”, — dedi Fitrat.

Biroq u raketalar qanday xarid qilinishi haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi. “Tolibon” armiyasi shtab boshlig‘i o‘z kuchlarini  ko‘paytirishni rejalashtirayotgani va Afg‘onistondagi eng katta budjet armiyaga yo‘naltirilayotganini ta’kidladi.

“Tolibon” armiyasi shtabi boshlig‘i Amerika tomonidan Afg‘oniston havo hududi buzilganini eslab, buni tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda “Tolibon” rejimining o‘rnatilishi bilan AQSH Afg‘onistonning turli hududlarida havo hujumlarini amalga oshirgan bo‘lib, ulardan biri Kobulda Al-Qoida yetakchisi Ayman al-Zavohiriyga qilingan hujumdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »