Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi o‘zgarishi mumkin.  Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot tarzida berilgan javobga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumta’lim muassasalarini zamonaviy bilimli rahbar kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish jarayonini Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish bo‘yicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Ayni paytda maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish hokimlar boshchiligidagi mahalliy xalq deputatlari kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda.

Izoh

Alisher Samadov

16.04.2023, 23:15

BU AJOYIB TAKLIF

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »