Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudan poytaxti Xartumda armiya va RSF (“Tezkor harakat kuchlari”) o‘rtasida ikkinchi kundirki to‘qnashuvlar davom etmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Hotpen

Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlarining harbiylashtirilgan guruhlari armiya bilan jang qilib, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvda kamida 56 kishi halok bo‘lgan, 595 ga yaqin kishi jarohatlangan. Ular orasida tinch aholi ham bor. Guvohlar og‘ir artilleriyaning Xartum, qo‘shni Omdurman shahri va yaqin atrofdagi Bahri ustida ishga tushgani haqida gapirmoqda.

“Armiya RSF va boshqa isyonchilar tarqatib yuborilmagunicha ular bilan muzokara olib bormaydi. Biz Xartumda prezident saroyi yaqinida janglar davom etayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz”, — deydi Al-Jazeera muxbiri Xeba Morgan.

судан война, Судан, военный переворот Хартум, обстрелы Хартум

Jurnalist hozir saroyni kim nazorat qilayotgani noma’lumligi, davlat televideniyesi uchun kurash ketayotganini aytdi. Armiya shtab-kvartirasi va Xartum xalqaro aeroportini nazorat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Al-Mayadeen telekanali Sudan armiyasi bayonotiga tayanib, Sudan harbiy-havo kuchlari qiruvchilari RSFni jangovar harakatlarni to‘xtatishga majburlash bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazayotgani haqida xabar berdi. Qo‘zg‘olonchilar armiyani Xartumdagi bazalariga har xil qurollar bilan hujum qilishda aybladi.

“Qo‘rqdik, shovqin-surondan 24 soat uxlamadik, uy larzaga keldi. Suv va oziq-ovqat, shuningdek, qandli diabetga chalingan dadamga dori-darmon tugab qolishidan qo‘rqmoqdamiz. Atrofni yolg‘on ma’lumotlar o‘rab olgan. Vaziyat qachon tinchishini bilmaymiz”, — dedi Xartumda yashovchi Khuda ismli ayol.

Avvalgi to‘qnashuvlar

2019-yilda “Tezkor harakat kuchlari” (RSF) va Sudan armiyasi birgalikda mamlakatdagi harbiy to‘ntarishda ishtirok etgandi. O‘shanda mamlakatni 30 yildan buyon boshqarib kelayotgan prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlashtirilgan. Ikki yil o‘tib, 2021-yil oktabr oyida Sudanda RSF tuzilmasi va muntazam armiya ishtirokida navbatdagi davlat to‘ntarishi bo‘lib o‘tdi.

2021-yilgi davlat to‘ntarishidan buyon Sudanni O‘tish davri harbiy-fuqarolik maʼmuriyati — o‘tish davri suveren kengashi boshqarmoqda. Mamlakat armiyasi va demokratiya tarafdori bo‘lgan guruhlar RSF’ning Qurolli kuchlarga qo‘shilishini talab qilmoqda. Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar keskinlik chiqarishda davom etmoqda, shu sababli aprel oyi boshida Sudan suveren kengashi va muxolifatchilar o‘rtasida mamlakatda o‘tish davri fuqarolik hokimiyatini yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzolash 3-marta qoldirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »