Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Asal va xamir bo‘laklaridan tayyorlanadigan mazali shirinlikni uy sharoitida tayyorlasa ham bo‘ladi. Chak-chak tatar oshxonasining o‘ziga xos shirinliklaridan biri hisoblanadi.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 5 dona;
  • tuz — yarim choy qoshiq;
  • pishiriq kukuni — 1 choy qoshiq;
  • un — 450 g;
  • o‘simlik yog‘i — 1 l;
  • shakar — 320 g;
  • suv — 220 ml;
  • asal — 170 g;
  • limon kislotasi — 1 chimdim.

Tayyorlanishi:

  1. Tuxumga tuz qo‘shib ko‘pirtiring. Pishiriq kukuni va un qo‘shing. Uni silliq xamir holatiga keltiring;
  2. Xamirni dumaloq qilib, oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rang va 1 soatga qoldiring. Keyin mushtlab, qalinligi 1-2 mm bo‘lgan qatlamga aylantiring;
  3. Xamirni ingichka chiziqlar shaklida kesib oling va ularni 15-20 mm uzunlikdagi bo‘laklarga bo‘ling;
  4. O‘simlik yog‘ini kastryulka yoki ichi chuqur, qizdirilgan idishga soling. Kichik xamir bo‘laklarini 3-4 daqiqa davomida qizargunga qadar qovuring, qog‘oz sochiqlarga qo‘ying;
  5. Boshqa idishga shakar va suv soling. Aralashtirib 10-15 daqiqa davomida qaynatib oling;
  6. Siropga asal va limon kislotasi qo‘shing. Asalni eriguncha aralashtiring va sovutib oling;
  7. Xamir bo‘laklari ustiga siropni teng ravishda soling va aralashtiring. Massani tarelka ustiga yoying yoki undan kichik to‘plar hosil qiling. 1-2 soatga qoldiring;

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »