Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aktyor Garri Melling Garri Potter qahramonining yaramas amakivachchasi Dadli Dursli roli bilan tanilgan. U “Garri Potter” asari asosida suratga olingan loyihalarda 2001-yildan 2009-yilgacha ishtirok etgan. Garri ushbu loyihalarda suratga tushganidan keyin ham aktyorlik faoliyatini davom ettirdi.

Foto: The Voice 

Aktyor tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirdi. Bundan tashqari Garri 2009-yilda, 20 yoshida suratga olish ishlari sabab vazn yo‘qotganda tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. U suratga olish maydonchasida o‘z qahramonining qomatini saqlab qolish uchun maxsus kostyumni kiyishga majbur bo‘ldi.

Melling xursand edi, imijining keskin o‘zgarishi unga karyerasini tezda qayta boshlash va o‘zini yangi rollarda sinab ko‘rish imkonini beradi, deb ishondi. Biroq bu ish “Garri Potter”dagi roli bilan mashhur bo‘lgan aktyor uchun qiyin bo‘ldi. Garri butunlay o‘zgardi — semiz, qo‘pol bolakay ozg‘in, jingalak sochli, kelishgan yigitga aylandi.

Foto: The Voice 

Melling teatrda faoliyat yuritgan, film va seriallarda rol o‘ynaydi. Masalan, uning ishtirokidagi “Yo‘qolgan Z shahri” filmi va “Qirolichaning yurishi” seriali mashhur loyihalar hisoblanadi. 

Foto: The Voice 

Garri mashhur aktyor — uning ishtirokida yiliga kamida bitta film katta ekranlarga chiqariladi. 2023-yilda aktyor ishtirokidagi “Hamma narsani ko‘ruvchi ko‘z” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi, u loyihada yosh yigit Edgar Allan Po rolini o‘ynagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »