Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Madaniyat vazirligi salkam 16 milliard so‘mga 2 ta maxsus avtomobil xarid qilgani haqida xabar berilgandi. Vazirlik xarid qilgan mazkur avtomobillar namoyish etildi

Xabarga ko‘ra, ushbu maxsus avtomobil Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Prezidentning “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga asosan 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2022-yil 1-iyunga qadar “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish vazifasi belgilangan.

Mazkur qarordan kelib chiqqan holda xarid qilinadigan “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus avtotransport (transformer) vositasining texnik parametrlari mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqilgan.

Bunday zamonaviy avtotransport vositasini tayyorlash imkoniyati bo‘yicha xorijiy davlatlar o‘rganilgani va eng ma’quli sifatida Xitoy tanlanib, vazirlik tomonidan OMDM va Huayuan kompaniyasi bilan muzokara olib borilgan edi. Muzokara xulosasiga ko‘ra, OMDM kompaniyasi tomonidan 873 ming dollar, Olmaota shahridagi Kazakhstan musical technologies filiali tomonidan 900 026 dollar taklifi (bitta maxsus avtotransport vositasi xaridi uchun) bildirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »