Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Turli xil sog‘liq muammolari bilan shifokorga tashrif buyurgan keksa bemorlarning aksariyati yuqori qon bosimiga ega. Shu bilan birga, afsuski, deyarli hech kim uning darajasini nazorat qilish qanchalik muhimligini tushunmaydi.

Gipertoniya qon tomirlarni qanday ishdan chiqaradi?

Kardiolog gipertoniyani A nuqtadan B nuqtaga yetib boradigan poyezd bilan taqqoslaydi. Bu o‘rinda A bugungi kunlar, B esa yurak-qon tomir falokatining mantiqiy natijasidir. Va poyezd qanchalik tez yetib borishini nazorat qilish o‘zimizning qo‘limizda.

Qon bosimi darajalari haqida keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalar:

  • “Mening odatiy qon bosimim 150 ga 100 yuz”
  • “Onam ham, buvim ham gipertoniya bilan og‘rigan! Bu bizning oilamizga xos”
  • “Hech qanday shikoyatim yo‘q, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Aksincha, bosim tushganda o‘zingizni yomon his qilasiz!”
  • "Demak, yoshingiz katta! Siz qanchalik katta bo‘lsangiz, bosim shunchalik yuqori bo‘ladi”
  • “Qon bosimimni tushira olmayman! Past bosim sababli qon miyamga yetib bormaydi”.

...Va yuzlab turli bahonalar.

Keling, hayotiy misol bilan tushuntirishga harakat qilaylik. Deylik, yangi shlang sotib oldingiz. Ishlab chiqaruvchi uni ishlatishda ruxsat etilgan maksimal suv bosimini ko‘rsatadi. Ammo sharoitlar shundayki, yuqori bosim sizga to‘g‘ri kelmaydi; bosimning pasayishi bilan foydalanish davomiyligi ortadi. Umuman olganda shlang bunday bosimga dosh beradi. Biroq shlang devorlari yuqori bosim uchun mo‘ljallanmagan! Bu eksperimental tarzda isbotlangan. Shu bois, ishlab chiqaruvchi tomonidan bu ehtimoliy sabab ogohlantiriladi. Ko‘rsatmaga binoan shlang har kuni haddan tashqari yuk bilan foydalanilsa, u cho‘zilib ketadi, eskiradi va to‘satdan yorilib ketishi mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Shu tariqa bilib oldingiz: gipertoniya ham qon-tomirlarga zarar yetkazadi. Xo‘sh nima uchun shikastlangan qon tomirlari xavfli? Bu barcha uchun birdek tushunarli bo‘lgan infarkt va insultdan tashqari nima bilan tahdid qilishi mumkin?

Qon tomirlariga xavfli zarar nima?

Foto: “Noviy ochag”

Organizmda katta va kichik tomirlar mavjud. Yana kuchli va ingichka tomirlar bor. Har qanday ortiqcha yuk eng ingichka tomirlar birinchi navbatda zo‘riqadi: buyrak, miya, ko‘z tomirlari. Bundan tashqari, yurakni ortiqcha bosim ostida to‘xtamasdan qon haydashga majbur bo‘lgan organ sifatida alohida ajratib ko‘rsatish kerak.

Ba’zi sabablarga ko‘ra, ko‘pchilik ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishdan, buyrakning ishdan chiqishidan, qon tomirlarining shikastlanishidan, yurak xuruji va insult xavfidan unchalik xavfsiramaydi... Bir tomondan, buni tushunish mumkin, chunki bu omillar bir lahzada hayotdan ko‘z yumish kabi tahdid bilan qo‘rquv solmaydi. Shu bois odamlar o‘lim xavfi tufayli gipertoniyani davolash haqida o‘ylaydi.

Boshqa tomondan, bu yerda ham xavf yashiringan. Infarkt va insult ko‘pchilik ishonganidek, faqat keksa yoshda sodir bo‘ladi. Shuning uchun yoshlar bosimning oshishini aniqlab, davolanishga yugurmaydilar. Ular o‘zlarining yoshini qon-tomir bilan bog‘liq halokatlar bilan bog‘lamaydilar. Shu bilan birga yuqori qon bosimi kun sayin buyrak faoliyatini buzishini, ko‘rish qobiliyatini pasaytirishini, miya va qon-tomirlarga ziyon yetkazishini hisobga olmaydilar.

Yosh bemorlarning e’tiborini bosimning doimiy oshishi miya tomirlariga xotira buzilishi, uyqusizlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, asabiylashish va surunkali ishemiyaga olib kelishiga qaratmoqchiman.

Ateroskleroz aslida nima?

Gipertoniyani muqarrar ravishda ta’qib qiladigan yana bir kasallik — bu ateroskleroz bo‘lib, u oddiy odamlar fikriga ko‘ra, xastalik tomirlarda joylashgan yog‘ tomchilari bilan tasniflanadi.

Bosim ko‘tarilganda tomirlar shikastlanadi. Va bu xolesterin blyashka (yarasi)ning shakllanishi uchun asos bo‘lgan zarar joyidir. Agar bu allaqachon sodir bo‘lgan bo‘lsa, tomirlarni aterosklerozdan hech qanday qo‘shimchalar bilan “tozalab” bo‘lmaydi. Buni tushunish juda muhim! Faqat profilaktika choralari tomirlarning sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. Qon tomirlarining shikastlanishi aterosklerozning birlamchi sababidir.

Nima uchun gipertonik bemorlar hayotdan erta ko‘z yumadi?

Hech kimga sir emaski, o‘limning eng keng tarqalgan sababi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari hisoblanadi. Infarkt va insult sabablarida (chekish, xolesterinning yuqori darajasi, ortiqcha vazn, harakatsiz turmush tarzi bilan birga) gipertoniya yetakchidir.

Nima uchun gipertonik bemorlar erta vafot etadi? Qon bosimini pasaytirish uchun juda ko‘p samarali dori-darmonlar mavjud bo‘lishi mumkin, ma’lumotlar ham ko‘p... Ammo bugungi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, deylik, Rossiyada gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarning atigi 10 foizi yetarli darajada davolanadi.

Buning bir qancha sabablari bor:

  • Birinchidan, gipertoniya ko‘pincha simptomsizdir. Ko‘p hollarda bemorlar gipertoniya bilan og‘riganliklarini bilishmaydi (chunki ularning bosimini tekshirish imkoniyati yo‘q) yoki bilishsa ham uning xavfini ko‘rmaydilar (chunki ular o‘zlarini juda yaxshi his qilishadi).
  • Ikkinchisi — gipertoniya patofiziologiyasi bo‘yicha bilimlarning yetishmasligi. Oddiy qilib aytganda bemor tomirlardagi bunday yukning oqibatlarini bilmaydi.
  • Uchinchi sabab — tabletkalarni qabul qilishni istamaslik. Avvalo, bu farmakoterapiya haqidagi afsonalar bilan bog‘liq. Ko‘pgina bemorlar tabletkalarni qabul qilishdan qo‘rqishadi, chunki ular bir joydan jigarga “zarari” haqida ma’lumot topadilar; qo‘shnilar, tanishlar va dorilarsiz muqobil davolash usullarini tinglashdi.
  • To‘rtinchi sabab — birinchi marta terapiyani tanlash deyarli hech qachon mumkin emasligini to‘g‘ri anglab yetmaslik. Bemorlarga bosimni zarur chegaralarda va nojo‘ya ta’sirlarsiz barqaror ushlab turadigan tabletkalarni topish uchun shifokorga bir necha marta tashrif buyurish kerakligini tushuntirish muhimdir. Ko‘plab “bosim tushiruvchi” dorilari mavjud va shifokorning vazifasi eng yaxshi individual dozani, shuningdek, eng yaxshi kombinatsiyani tanlashdir. Biroq birinchi yoki ikkinchi marta ta’sirini sezmagan bir qancha bemorlar: “Doktor, siz buyurgan tabletkalar yordam bermayapti”, degan vaj bilan davolanishdan voz kechishga tayyor. Bundan tashqari, ko‘plab bemorlarga bunday dori-darmonlarni butun umri davomida, har kuni va ko‘pincha bitta tabletkadan ko‘proq ichish kerakligi g‘ayritabiiy tuyuladi. Negadir, dori preparatlariga qaramlik ularga bevaqt o‘lishdan ham vahimaliroq tuyuladi.

Qanday bosim normal hisoblanadi?

Qon-tomirlarning sog‘lig‘i nuqtai nazaridan normal qon bosimi 90 dan 140 gacha bo‘lgan raqam hisoblanadi. Nima uchun “qon-tomir salomatligi”ni ta’kidlanadi? Chunki individual salomatlik jihatidan bu raqamlar bir-biridan farq qilishi mumkin. Bir kishi 130 allaqachon o‘zini yomon his qilmoqda, bosh og‘rig‘i va boshqa muammolar. Boshqalar uchun esa 180 me’yordir. Ikkisidan qaysi biri yordamga muhtoj? Javob: ikkalasi ham.

Birinchi ko‘rsatilgan darajada raqamlar normal oraliqda bo‘lishiga qaramay, bemorning ahvolini tuzatish kerak va buning imkoni bor. Ikkinchi holda bemor o‘zini qanchalik yaxshi his qilishidan qat’iy nazar, davolanishi kerak. Chunki birinchi navbatda biz qon-tomirlarning sog‘lig‘i bilan qiziqamiz, ular bunday yuqori qon bosimidan, shubhasiz, aziyat chekadi.

Doimiy yuqori qon bosimiga o‘rganib qolganlar bosim tabletkalar bilan tushirilganda o‘zlarini yomon his qilishlarini va shuning uchun ko‘pincha davolanishni rad etishlarini to‘g‘ri tushunish ham juda muhimdir. Gap shundaki, organizm bosimning oshishini emas, balki uning pasayishini yanada xavfli holat sifatida “ko‘rib chiqadi”. Shu bois bosim pasayganda, biz o‘zimizni, albatta, yomon his qilamiz. Bu bosh og‘rig‘i, holsizlik, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi va hatto, qusish bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan terapiyani tayinlashda shifokorlar bosimni kamaytirib yubormaslik uchun minimal dozalarda dori-darmonlarni tanlaydilar. Agar qon bosimi ko‘rsatkichlari yetarli darajaga tushib qolsa va odam o‘zini yomon his qilsa, organizmga “yangi” bosimga ko‘nikish imkoniyatini berish va dori-darmonlarni darhol tashlamaslik tavsiya etiladi. Bir necha kundan keyin organizm normal bosimga moslashadi va sog‘liq asta-sekin yaxshilana boshladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »