Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Smetana yoki pishloqli sous bilan yanada lazzatli bo‘ladigan kartoshkali ponchiklar albatta sizga yoqadi. Uni boshqa masalliqlardan tayyorlasangiz ham bo‘ladi.  

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • kartoshka — 600 g;
  • tuz — yarim choy qoshiq;
  • xamirturush — 2 choy qoshiq;
  • shakar — 1 choy qoshiq;
  • un — 400-500 g;
  • suv — 50 ml;
  • tuxum - 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 l.

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshkani tozalang, tuzli suvda yumshoq bo‘lgunga qadar qaynating, sovutib oling va pyure holatiga keltiring;
  2. Xamirturushni shakar, bir osh qoshiq un va iliq suv bilan aralashtiring. Ko‘pik hosil bo‘lguncha 5-10 daqiqaga qoldiring;
  3. Pyurega tuxum, iliq kartoshka bulyoni, tuz, 4 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, xamirturush va un qo‘shing. Yumshoq va ozgina yopishqoq xamir hosil qiling;
  4. Uni katta idishga soling, yopishqoq plyonka bilan yoping va 60-90 daqiqa davomida iliq joyda qoldiring;
  5. Xamir ikki baravar kattalashganda, uni olib, yong‘oq kattaligidagi sharchalar hosil qiling. Sharchalarni un solingan taxta ustiga qo‘ying, sochiq bilan yoping va 10-15 daqiqaga qoldiring;
  6. O‘simlik yog‘ini kastryulka yoki ichi chuqur, qizdirilgan idishga soling. Ponchiklarni qizargunga qadar 4-5 daqiqa davomida qovuring.

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »