Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino va teleko‘rsatuv qahramonlari ekran qarshisidagi tomoshabinga super kuchga ega bo‘lib tuyuladi. Haqiqatan ham ekrandagilar terlamaydi yoki qizarib ketmaydi, odatda er-xotinning tongi baxtiyor tarzda samimiy tabassum bilan tish yuvishdan boshlanadi. Ba’zan esa haqiqatda tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsalarni ko‘rganimizda shunchaki chidab turolmaymiz.

Qahratonda ham bosh kiyimsiz

Foto: AdMe

Albatta, hamma suratga olish ishlari pavilyonlarda o‘tkazilishini, qor faqat sun’iy tarzda yoki kompyuter grafikasi yordamida yaratilishini tushunadi. Ammo ssenariyga ko‘ra, qahramonlar qor bo‘roni paytida yo‘lga chiqadi — qalpoq, qo‘lqop va sharfining yo‘qligi juda g‘alati. Tomoshabinlarning filmlarda qishki sovuqning nima uchun bunchalik haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tushunishi uchun yillar kerakdir, balki.

Hech kim yemaydigan hashamatli nonushtalar

Foto: AdMe

Qahramon kamzulini yelkasiga tashlab, nonushta qilish uchun oshxonaga tushadi. Shoshilib bulochka tishlaydi, qahvadan bir qultum ichadi yoki hech narsa yemaydi, shunchaki gazeta o‘qiydi. Xotini esa eri uchun go‘sht va tuxum, yangi tost, shirinliklar va mevali salat tayyorlash uchun ertalab 5 dan beri uxlamagan. Ammo u bularning hech biriga e’tibor bermaydi — bundan ham muhimroq ishlar bor. Qiziq, xotini shuncha sabrni qayerdan olarkan?

Tish pastasisiz tishlarni tozalash

Foto: AdMe

Qahramon tishlarini tozalagan sahnalarni ko‘pchilik g‘azab bilan tomosha qilsa kerak. Chunki ular bir gramm pastasiz bo‘sh cho‘tka bilan tishlarini qanday yuvishlari mutlaqo tushunarsiz. Iyagidan oqayotgan ko‘pik bunga ishonish uchun yetarli emas, chunki qahramon yuvinish xonasiga kirib, cho‘tkasini olib, darrov og‘ziga solishi juda g‘alati.

Tutqichsiz qog‘oz paket

Foto: AdMe

Sujetga ko‘ra, qahramon bir haftalik oziq-ovqat sotib olishga ketsa ham oxirida biz uning qo‘lida jigarrang qalin qog‘ozli chiroyli paketni ko‘ramiz. Shunda barcha oziq-ovqatlar yerga sochiladi va albatta, kimdir yordamga keladi.

Hashamatli kvartira

Foto: AdMe

Qancha pulingiz borligi muhim emas. Siz ofitsiant, bank xodimi, rassom yoki moliyaviy tahlilchi bo‘lasizmi, hech bo‘lmaganda yoqimli, yaxshi jihozlangan, shinamgina uyga ega bo‘lishingiz mumkin. Mashinadan-ku, xavotir olmang. Xaroba uylar va eski choyshablarga ko‘zingiz tushmaydi. Agar qahramon karyerasi omadli bo‘lsa, u holda mashina yangi, yaxshirog‘iga alamshtiriladi.

O‘smirlar xonasi doimo tartibsiz

Foto: AdMe

Hech kimga sir emaski, o‘smirlik paytimizda xonamizda kamdan kam hollarda mukammal tartib bo‘lgan. Filmlarda deyarli barcha o‘smirlar shunday yashaydi, albatta, a’lochilardan tashqari. Ular har doim hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi.

Yotoqda poyabzal bilan yotish odatiy hol

Foto: AdMe

Qahramonlarning uy ichida poyabzalda yurishganiga bir amallab ko‘zimiz o‘rgandi. Ammo yotoqda yoki divanda it bilan sayrdan kelgan poyabzalida yotsa — bunisi endi ortiqcha.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »