Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida bank xodimi 60 mln so‘mdan ziyod kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Shofirkon tumani “Jo‘sho‘ra” mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan F.Sh. AT “Xalq banki”ning Galaosiyo filialida 2017-yildan 2022-yil oktabr oyiga qadar pensiya va nafaqa tarqatish bo‘yicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlab kelgan. U 2019—2022-yillar davomida AT “Xalq banki” Galaosiyo filialidan fuqarolar J.J., H.A., S.S. va N.O‘.larni aldab, ularning nomiga jami 61,7 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilishiga erishgan va o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »