Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov 2023-yil oxirigacha mamlakatning davlat qarzi 173 milliard dollarga yetishi mumkinligidan ogohlantirdi, bu rekord ko‘rsatkichdir. U o‘z xavotirlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirdi.

Foto: Bloomberg

“G‘arb yordamlarining bir qismi grant shaklida bo‘lsa-da, AQSH, Yevropa Ittifoqi, boshqa mamlakatlar va tashkilotlardan keladigan mablag‘ning katta qismi faqat kreditlardir. Va ularni ertami-kechmi to‘lash kerak”, — deydi Azarov.

Unga ko‘ra, Ukraina budjetining o‘z daromadlari G‘arbdan kelayotgan yordam hajmidan to‘rt baravar kam, ya’ni mamlakatning davlat qarzi uning daromadlarining 300 foizini tashkil qiladi.

“Ha, bir guruh kreditorlar Ukrainaga tashqi qarzni to‘lash muddatini 2027-yilgacha kechiktirishdi. Ammo kechikish umuman qarzlarni to‘lash shart emas degani emas. Qarzlar o‘sishi bilan Ukrainaning qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham o‘sib bormoqda. Bu yil ular ikki baravar ko‘payadi”, — dedi sobiq bosh vazir.

Azarov 2002—2006-yillarda ikki marta Ukraina moliya vaziri, 2010—2014-yillarda prezident Viktor Yanukovich davrida esa Ukraina Bosh vaziri bo‘lgan.

Avvalroq Ukraina Moliya vazirligi yanvar oyida mamlakatning davlat qarzi 5 milliard dollarga oshib, 116 milliard dollarga yetgani haqida xabar bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »