Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yumshoq va mazali keksga quyultirilgan sut qo‘shilsa, o‘ziga xos ta’mga ega bo‘ladi. Keks kremini o‘zingizga yoqqan mahsulotlardan tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • sariyog‘ — 150 g va yana yog‘lash uchun
  • un — 170 g
  • pishiriq kukuni — 1 choy qoshiq
  • tuz — 1 chimdim
  • shakar — 140 g
  • vanilin — 1 choy qoshiq
  • tuxum — 3 dona
  • sut — 50 ml
  • quyultirilgan sut — 120 g

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 175 daraja haroratda oldindan qizdiring. Keks qoliplarini yog‘lang.
  2. Unni pishiriq kukuni va tuz bilan aralashtiring. Sariyog‘ni shakar va vanil ekstraktini aralashtirib, mikser bilan yumshoq massa hosil bo‘lguncha ko‘pirtiring.
  3. Ko‘pirtirish davomida sariyog‘ga tuxumlarni asta-sekin qo‘shing. Massa bir xil holga kelganda, un qo‘shing va aralashtiring. Sutni qo‘shing.
  4. Taxminan bir osh qoshiqdan xamirni qoliplarga soling, ustiga bir choy qoshiq quyultirilgan sut qo‘shing, uning ustiga yana biroz xamir soling.
  5. Kekslarni qizargunga qadar 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »