Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Qozog‘iston uchun ishchi kuchi eksporti bo‘yicha asosiy ittifoqchi va hamkor hisoblanadi. Bu haqda Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Migratsiya masalalari qo‘mitasi raisi Ilyos Ispanov ma’lum qildi. U qo‘mita mehnat muhojirlarini 2 toifaga ajratishini aytdi.

Birinchi toifaga yuqori malakali mutaxassislar kiradi. Qozog‘iston hududida ularning atigi 773 nafari bor. Ikkinchi toifa esa ishchilardan iborat. Bular qurilish obyektlarida, mavsumiy ishlarda va uy xo‘jaligida ishga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarolaridir. Ularning qo‘shni respublikadagi soni 250 mingtani tashkil qilmoqda.

“Biz 2023-yil uchun 297 ming kvotani tasdiqladik. Ularning 91 foizi O‘zbekiston fuqarolaridir. Nima uchun bunday bo‘ldi? Birinchidan, bu mamlakatlarda maosh biznikidan past. Shunga ko‘ra, raqobat bor, Qozog‘istonda ish topish imkoniyati mavjud.

Qolaversa, O‘zbekiston bilan 30 kunga vizasiz rejim joriy qilingan. Shunga ko‘ra, ular bu yerga kelib, ish beruvchi topadi va mehnat shartnomasi tuzib, ruxsatnoma olib, 3 oy ishlaydi. Kvota har 3 oyda uzaytiriladi”, — dedi Ilyos Ispanov.

Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuzish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bu noqonuniy migrantlar oqimini tartibga solishga yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »