Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik boks afsonasi Ruslan Chagayev 2007-yil aprel oyida rossiyalik Nikolay Valuyevga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozongandi. 

Foto: Boxing 

Hajm jihatidan o‘zidan ancha katta bo‘lgan Valuyevni yenggan Chagayev faoliyatidagi ilk kamariga ega chiqqandi. 

Birinchi raunddanoq Ruslan Chagayevning tezligi Valuyev uchun katta muammo ekani ma‘lum bo‘lgandi. O‘zbekistonlik bokschi xuddi ari kabi raqibiga tashlanardi, sanchib olardi va o‘zi uchun xavfsiz masofaga qaytardi. Nikolay o‘zbekistonlik bokschini ring chetiga qisgan vaqtda ham Chagayev oyoq bilan yaxshi ishlardi yoki tana harakati bilan raqibining hujum traektoriyasidan qocha olardi. Chagayevning chapaqay “stoyka”si ham rossiyalik bokschiga katta muammo tug‘dirdi. “Oq Tayson” vaqti-vaqti bilan Valuyevning himoyasini chap qo‘l to‘g‘ridan bergan zarbalari bilan yorib o‘tardi.

Jang avvalidagi 3-4 raund shunday o‘tdi. Ammo bu boshlanishi edi. Valuyev jismoniy jihatdan oqsashni boshlaganda, Chagayev samaraliroq harakat qildi. u epchillik bilan yon tomondan zarbalar berdi.

12 raund yakunlariga ko‘ra hakamlar Chagayevning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Ruslan Chagayev professional boksdagi o‘zining dastlabki chempionlik kamariga ega bo‘lgandi. 

Quyida ushbu jang haqida videoni tomosha qilish mumkin. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »