Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Soch oqarishi — tabiiy jarayon bo‘lib, uni nazorat qilib bo‘lmaydi, biroq ba’zi omillar bu jarayonda hali ham muhim rol o‘ynashi mumkin.

Foto: Marie Claire 

Shuni bilish kerakki, olimlar va shifokorlar sochlar oqarishining asosiy sababini genetikaga bog‘laydi. Ota-onangiz va bobo-buvingizning soch qanchalik tez oqarib ketgan bo‘lsa, sizda ham xuddi shunday holat takrorlanishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, etnik kelib chiqishi va irqi soch oqara boshlaydigan vaqtni aniqlay oladi. Masalan, osiyoliklarda boshqa irq vakillariga qaraganda erta soch oqarishi ehtimoli ko‘proq ekani aniqlangan.

Biroq bu siz profilaktika choralarini ko‘rishingiz mumkin emas degani emas. Sochni bo‘yab muammoni hal qilish mumkin, biroq bu uzoq vaqt saqlanmaydi. Soch oqarishini oldini olish esa to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Bu imkonsiz bo‘lib tuyulishi mumkin, biroq kundalik ayrim zararli odatlardan cheklanish soch oqarishining oldini olishi mumkin.

Ratsionda ozuqa moddalarining yetishmasligi

Ba’zi ozuqa moddalari sochlarning erta oqarib ketishida muhim rol o‘ynaydi. Temir, mis, B vitaminlari, yod va omega-3 ning yetishmasligi, shuningdek, qadoqlangan, nosog‘lom yoki qayta ishlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish sochlarning erta va tez oqarib ketishiga olib keladi. Bizning organizmimiz energiya uchun iste’mol qilinadigan “yoqilg‘i”ga juda bog‘liq, shuning uchun nima yeyayotganingizga alohida e’tibor bering.

Foto: Marie Claire 

Chekish

Chekish sog‘liq uchun zararli va bu haqiqat hammaga ma’lum. Bu tananing barcha a’zolariga zararli ta’sir ko‘rsatadi va qarishga, sochlarning oqarishiga sabab bo‘ladi. Chekish barcha yoshdagi insonlarda sochlarning erta oqarib ketishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan tadqiqotlar mavjud, shuning uchun bu odat sizda bo‘lsa, undan voz kechishga harakat qiling.

Stress darajasining oshishi

Stress — jismoniy va ruhiy salomatligingizning eng katta dushmani bo‘lishi mumkin. Stressning kuchayishi ta’siri birinchi navbatda teri va sochlarda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bugungi kunda stressga tushish va unga bog‘liq jarayonlar juda keng tarqalgan, shuning uchun ular bilan samarali kurasha olish muhim hisoblanadi. Stressni oldini olish uchun toza havoda ko‘proq vaqt o‘tkazing, meditatsiya va tinchlantiruvchi usullarni sinab ko‘ring, iloji bo‘lsa, sizni bezovta qiluvchi omillarni hayotingizdan chiqarib tashlang va uyqu sifatini kuzatib boring.

Foto: Marie Claire 

Rejalashtirilgan tekshiruvlarga e’tibor bermaslik

Ba’zi tibbiy sharoitlar (masalan, qalqonsimon bez kasalliklari) sochlarning erta oqarib ketishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun shifokor tekshiruviga borish va o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish muhim. Dermatologlar va trixologlar buni tartibga solishga yordam beradi va jiddiyroq muammoni istisno qiladi.

Kimyoviy birikmalarning ta’siri

Bo‘yoqlar, boshqa parvarishlash yoki dekorativ mahsulotlardan foydalanish, sochlarga kimyoviy ishlov berish sochlarning erta oqarib ketishiga olib keladi. Kimyoviy moddalarning tez-tez ta’sir qilishidan saqlangan ma’qul — ishlatilgan mahsulotlarning tarkibini diqqat bilan o‘rganing va sochlaringizni ishonchli mutaxassislarga ishoning.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »