Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda mart oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bir oy ichda “inomarka”lar bo‘yicha bitimlar soni 15 foizga ko‘paygan va 2,9 ming donaga yetgan. 

Bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 2022-yilning noyabr oyida ham xuddi shuncha xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi kuzatilgan edi. 

Mart oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobar ko‘proq “inomarka” sotilgan. 

Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvining keskin ko‘payishiga 2023-yil 1-yanvardan “inomarka”larni O‘zbekiston hududiga istalgan shaxs tomonidan olib kirishga ruxsat berilgani sabab bo‘lmoqda. 

Avval bu jarayon faqat dilerlar orqali amalga oshirilar edi. Yaqin oylar ichida chet el avtomobillari savdosi yanada ko‘payishi kutilmoqda. 

Shuningdek, mart oyida elektromobillar bozoridagi faollik sezilarli darajada oshdi. Birlamchi bozorda sotuvlar 34 foizga oshgan bo‘lsa, ikkilamchi bozor 24 foizga o‘sishni ko‘rsatdi.

Umuman olganda, 2023-yilning I choragida yillik o‘sish 2 baravarga ko‘paygan holda 2,2 ming dona yengil elektromobil sotilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »