Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zan stress yoki jismoniy zo‘riqishning kuchayishi fonida ko‘krak qafasida o‘tkir og‘riq kuzatiladi. Bu alomatlar nimadan darak beradi va hayot uchun qanchalik xavfli ekanini kardiolog tushuntiradi. Birinchi marta “singan yurak” sindromi Yaponiyada XX asrning oxirida, shifokorlar yurak patologiyasi bo‘lgan bemorlarni kuzatuv chog‘ida qayd etilgan. Kasallik vaqtida yurak halqa bilan siqilgandek tuyuladi. Sindrom takotsubo kardiyomiyopatiya (yoki takotsubo sindromi) deb rasmiy nom bilan atala boshlandi. Bu sindrom sakkizoyoq ovlashda qo‘llaniladigan qozon shaklidagi an’anaviy yapon quroli sharafiga shunday nomlandi.

Bir muncha vaqt bu kasallik faqat Yaponiya aholisi uchun xos bo‘lgan noyob patologiya ekanligiga ishonishgan. Ammo keyinchalik Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda takotsubo kardiyomiyopatiya holatlari qayd etila boshlandi. 2006 yilda Amerika yurak assotsiatsiyasi (AHA) kardiyomiyopatiyani o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan miokard kasalligi sifatida aniqladi.

Bugungi kunda takotsubo kardiyomiyopatiya deganda og‘ir psixo-emotsional haddan tashqari zo‘riqish yoki stress tufayli yurakning shikastlanishi kabi holat tushuniladi. Sindromda koronar arteriyalar ta’sirlanmaydi va qon oqimi to‘liq bloklanmaydi. Kasallik faqat apikal bo‘limlarga ta’sir qiladi, ammo buning natijasida yurakning normal to‘laqonli ishi buziladi.

Kasallikning sabablari

Sindromning sababi ko‘pincha stressli vaziyat yoki ortiqcha jismoniy faoliyatdir. Kasallik kuchli hissiy qo‘zg‘alishlar bilan yuzaga chiqadi. Yaqin insonning vafoti, ishdan bo‘shatish, baxtsiz hodisa, moliyaviy inqiroz yoki boshqa tushkun holatlar fonida paydo bo‘lishi mumkin. Biroq faqatgina qayg‘uli hodisalar bu sindromni qo‘zg‘atmaydi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, katexolaminlar deb ataladigan stress gormonlari kasallikning rivojlanishida muhim rol o‘ynashini aniqlash mumkin edi. Ulardan asosiylari adrenalin, dopamin va norepinefrindir.

Foto: Lisa

Misol uchun ishdan bo‘shatilganingizdan so‘ng, tushkunlikka tushasiz, bir necha hafta yoki oy davomida o‘tib ketmaydigan og‘ir tashvishlarni boshdan kechirasiz. Stress ta’sirida organizmda ortiqcha miqdorda gormonlar ishlab chiqariladi. Asab tizimi haddan tashqari sezgirlashadi. Oqibatda, yurak mushagi yoki miyokard endi yetarli darajada qisqara olmaydi. Ultratovush tekshiruvida siz yurakning zararlangan hududi harakat qilmayotganini ko‘rishingiz mumkin.

“Singan yurak” sindromida, masalan, nevaralarning tug‘ilishi yoki lotereyada katta yutuq chiqishi kabi quvonchli voqealar fonida yuzaga kelgan holatlar tasvirlangan. Hatto, yangi uyga yoki boshqa shaharga ko‘chib o‘tish ham patologiyaning boshlanishi uchun sabab bo‘lishi mumkin.

Agar bu infart bo‘lsa-chi?

Takotsubo kardiyomiyopatiya bilan yurak xurujining tipik belgilari bir xilda paydo bo‘ladi, shuning uchun “singan yurak” sindromi bo‘lgan bemorlar dastlab miyokard infarktidan shubhalanadilar. Avvalo, bu ko‘krak qafasi orqasida og‘riq va nafas qisilishi kuzatiladi. Ko‘pincha o‘tkir holsizlik, hushdan ketish paydo bo‘ladi. Bemorlar havo yetishmasligi yoki aritmiya haqida shikoyat qilishlari mumkin: “yurak ko‘krak qafasidan sakrab chiqib ketadiganga o‘xshaydi”.

Infarktni istisno qilish uchun shifokor har doim sharoitlarni farqlaydi va qo‘shimcha tadqiqotlar o'tkazadi. Takotsubo sindromi shubha qilingan bo‘lsa, mutaxassis maxsus kardiomarkerlar, yurakning ultratovush tekshiruvi uchun testlarni belgilaydi.

Bemorlarda koronar angiografiya, agar mavjud bo‘lsa, koronar arteriyaning tabiati, joylashuvi va torayish darajasini aniqlash imkonini beruvchi zamonaviy rentgenologik tadqiqot o‘tkaziladi. Odatda, takotsubo sindromida koronar tomirlar ishi buzilmaydi, u normal bo‘lib qoladi.

“Singan yurak” sindromi qanchalik jiddiy?

Bu xastalik o‘lim bilan tugashi mumkinmi? Kasallik odatda qulay prognozga ega va o‘lim juda kam uchraydi. Terapiya jarayonida yurak mushagi bir necha kun yoki haftadan keyin tiklanadi.

Ko‘pincha takotsubo sindromi miyokard infarkti sifatida faqat invaziv aralashuvsiz davolanadi. Ammo infarktdan farqli o‘laroq, kardiyomiyopatiya yurakda iz yoki chandiq qoldirmaydi. Vaziyat deyarli izsiz, asoratlarsiz yo‘qoladi.

Biroq sindromni oddiy kasallik deb tasniflab bo‘lmaydi. Takotsubo kardiyomiyopatiyasi bo‘lgan bemorlarni batafsilroq o‘rganishda ularda to‘satdan yurak yetishmovchiligi va aritmiya rivojlanishi xavfi borligi aniqlandi.

Umuman olganda ko‘krak qafasidagi o‘tkir og‘riq e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak bo‘lgan belgidir. Agar ko‘krak qafasida bosimni sezsangiz, shifokorga murojaat qilishni unutmang. Aks holda, bundan-da xavfli holatni o‘tkazib yuborishingiz mumkin.

Kimlar xavf ostida?

Ko‘pincha bu sindrom 50 yoshdan oshgan ayollarda aniqlanadi. Yosh bemorlar umumiy holatlarning atigi 10 foizini tashkil qiladi.

Foto: Lisa

Olimlarning ta’kidlashicha, kasallik ayol jinsiy gormonlari estrogen darajasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Estrogen yurak-qon tomir tizimini stress gormonlarining salbiy ta’siridan himoya qiladi, deb ishoniladi. Menopauzaning boshlanishi bilan estrogen kamayadi, ya’ni himoya ham zaiflashadi. Yurak va qon tomirlari kasalliklari xavfi ortadi.

Kasallikning mavsumiy ekanligi va ko‘pincha yozning oxirida — sentyabrda o‘zini namoyon qiladigan dalillar ham mavjud.

Sindromning oldini olish

“Singan yurak” sindromining oldini olishning asosi stressga qarshi faol kurashdir. Agar yosh va jins bo‘yicha xavf ostida sanalsangiz, har qanday hodisaga hissiy munosabatda bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizga ehtiyot bo‘ling.

Dastlabki hujumdan keyin odatda 3-6 oy davomida ambulatoriya kuzatuvi tavsiya etiladi. Bu vaqtda sizga takroriy tadqiqotlar (elektrokardiogramma, ultratovush yoki yurakning MRT tekshiruvi) rejalashtirilishi kerak.

Kelajakda hujum xavfini kamaytirish uchun stress bilan kurashishni unutmang. Mas’uliyatli voqealarga oldindan tayyorgarlik ko‘ring, harakat qiling, ssenariylar ustida o‘ylang. Lozim bo‘lsa, psixologdan maslahat oling. Mutaxassis bilan ishlash hatto, kasallik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda ham, tashvishli odamlarda ham samaralidir.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »