Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosib olingan Xerson va Lugansk viloyatlariga kelmagani, chunki uning tashrifi oldindan tayyorlanishi kerakligini aytdi. Kreml bunga munosabat bildirdi.

“U yerga hech qanday Putin tashrif buyurmagan va bu hammaga ma’lum. Uning qiyofadoshi borgan”, — degan Danilov.

U haqiqiy Putin bilan muloqot qilish uchun 10-14 kun karantinda, aloqa qilish uchun esa ma’lum masofada bo‘lish kerakligini aytdi. Danilov Rossiya prezidenti bilan xorijiy vakillar orasidagi masofa kamida 18 metr bo‘lishi kerakligiga to‘xtaldi.

Danilov Putinning bir nechta qiyofadoshi borligini ta’kidladi. Uning fikricha, siyosatchi qo‘rquv tufayli bosib olingan hududlarga o‘zi kelolmaydi va bu Zelenskiy hamda uning o‘rtasidagi farqdir.

“Rossiya prezidenti jismonan u yerda yo‘q edi va bo‘lishi ham mumkin emasdi. Chunki bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, kamida 2-3 hafta oldin tayyorgarlik jarayoni boshlanardi. U yerda uzoq vaqtdan beri hech qanday tayyorgarlik bo‘lmagan”, — dedi Danilov.

Kremlning munosabati

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Danilovning Vladimir Putinning qiyofadoshiga oid bayonotiga javob qaytardi.

“Men bu bayonotni xuddi siz kabi baholay olaman. Buni juda g‘alati deb atash mumkin”, — dedi Peskov.

18-aprel kuni ertalab Kreml matbuot xizmati Vladimir Putinning Lugansk Xalq Respublikasi va Xerson viloyatiga tashrifi haqida xabar berdi.

“Men bunday eski mashinalarni — ‘Lada’ va ‘Jiguli’ni uzoq vaqtdan beri ko‘rmaganman. Bu odamlarning daromadlari juda kam ekanidan dalolat beradi”, — deya Putin safari haqida gapirgan.

Zelenskiy ofisi ham Putinning tashrifiga munosabat bildirgan

Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Putinning Ukraina hududlariga tashrifini baholagan.

“Putinning evolyutsiyasi (degradatsiyasi) ta’sirli. Bir yil oldin dunyo uning bayonotlarini kutayotgan edi. U nima deydi? Nima qiladi? Bugun esa dunyo befarq”, — dedi Podolyak.

Siyosatchi dunyo uchun endi Rossiya prezidenti kabi siyosiy subyekt mavjud emasligini bildirgan. Podolyak Putinning Ukrainaning bosib olingan hududlariga safarini “ommaviy qotillik muallifining maxsus sayohati” deb ta’riflagan. Rossiya prezidenti bunday tashrifni “jinoyatlardan zavq olish” uchun amalga oshirishi ta’kidlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »