Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazn yo‘qotish uchun ovqatdan voz kechish emas, balki ko‘proq foydali taomlar iste’mol qilishingiz kerak, natijada metabolizm tezlashib ovqat hazm qilish jarayoni yaxshilanadi. “Noviy ochag” nashri tezroq vazn yo‘qotishga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Sardina

Agar sardinaga o‘simlik yog‘i qo‘shib tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, bu borada zaytun yog‘i eng yaxshi tanlov bo‘la oladi. Bunday holatda, sizning dasturxoningizda yog‘siz protein, omega-3 yog‘ kislotalari, shuningdek, metabolizmni rag‘batlantiradigan va yog‘ parchalanishini tezlashtiradigan yog‘larga boy taom bo‘ladi. Bu taom bel qismida joylashgan yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Chia urug‘lari

Bu urug‘larni salat yoki ertalab iste’mol qilinadigan yogurtga qo‘shing va odatdagi nonushta yoki tushlik o‘rniga haqiqiy yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradigan ozuqani olasiz. Mayda urug‘lar barcha kerakli ozuqaviy moddalar  va minimal kaloriyani o‘z ichiga oladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Tuzlangan sabzavotlar

Sovuq tushishi bilan tuzlangan sabzavotlar mavsumi boshlanadi. Agar tuz miqdori haddan tashqari ortiqcha bo‘lmasa, ular nafaqat sog‘liq uchun, balki qomat uchun ham juda foydali bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, sirka va sirka kislotasi qondagi qand miqdorining keskin ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi va shuning uchun to‘qlik hissi uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Agar tuzlangan sabzavotlarni yoqtirmasangiz, shunchaki sabzavotli salatga ozgina sirka qo‘shsangiz bo‘ladi, asosiysi uning miqdorini oshirib yubormaslik kerak.

Tuxum

Tuxum nonushtada iste’mol qilish mumkin bo‘lgan ajoyib mahsulotlardan birirdir, u oqsilga boy bo‘lib, uzoq vaqt davomida to‘q saqlaydi va ularni qayta ishlash uchun juda ko‘p energiya talab etiladi. Har kuni tuxum iste’mol qiling va tez orada o‘zingizdagi o‘zgarishni sezasiz.

Qora shokolad

Har kuni bir necha bo'lak qora shokolad iste’mol qilish kerak, ushbu mahsulot kakao donachalari boy bo‘lgan maxsus antioksidantlar tufayli juda foydali hisoblanadi. E’tibor berishingiz kerak bo‘lgan asosiy narsa — kakao tarkibi, shuning uchun tarkibida kamida 70 foiz kakao bo‘lgan shokoladni tanlang. Yodda tuting, bir hafta davomida muntazam ravishda qora shokolad iste’mol qilsangiz, bel atrofidagi yog‘lardan sezilarli darajada xalos bo‘lishingiz mumkin.

Foto: “Yandeks.ru”

Chili qalampiri

Achchiq qizil qalampir nafaqat ajoyib yog‘ parchalovchi, balki sog‘lom bo‘lishga yordam beradigan sabzavot hisoblanadi. Chili qalampiridan muntazam foydalanish yurak xastaliklari xavfini kamaytirishga yordam berishi isbotlangan, shu jumladan, qalampir vazn yo‘qotishga yordam beradi. Ushbu sabzavotda ko‘p bo‘lgan maxsus modda — kapsaitsin ishtahani kamaytirish va metabolizmni kuchaytirishga yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »