Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uzoq umr ko‘rishni xohlaysizmi? Unda parhezingizga e’tibor bering: parhez erta o‘limga olib keluvchi kasalliklar — qandli diabet, saraton, insult, yurak kasalliklarining rivojlanish xavfiga bevosita ta’sir qiladi. Sog‘lom bo‘lishga yordam beradigan mahsulotlarni tez-tez iste’mol qiling, shuningdek, sport bilan shug‘ullaning (kuniga kamida yarim soat) va stressni nazorat qilishga harakat qiling. “Noviy  ochag” nashri uzoq umr ko‘rishga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Oqsilga boy mahsulotlar

Tuxum, go‘sht, yong‘oq, sut mahsulotlari — bularning barchasi uzoq umr ko‘rishni istasangiz, iste’mol qilishingiz kerak bo‘lgan mahsulotlar hisoblanadi. Oqsil organizmimiz o‘zini o‘zi tiklashi uchun zarur, uni yetarli darajada olishingizga ishonch hosil qiling.

Piyoz

Piyozda immunitetni oshirishga yordam beradigan C vitamini, shuningdek, qondagi shakar miqdorini barqarorlashtirishga yordam beradigan va hatto saraton xavfini kamaytiradigan boshqa foydali moddalar mavjud.

Qahva

Kuniga ikki-uch chashka qahva insult, depressiya, Parkinson kasalligi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi boshqa ko‘plab kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi. Eng muhimi, tavsiya etilgan miqdordan oshib ketmaslik kerak, ichimlikni soat 16:00 dan oldin ichishga harakat qiling va qahvaga shakar, qaymoq va, ayniqsa, shirin siroplarni qo‘shmang.

Olma

Pektin moddasiga boy bo‘lgan olma qon tomirlari devorlariga ta’sir qiluvchi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradigan “yomon” LDL xolesterin darajasini kamaytirishi mumkin. Pektin, shuningdek, yog‘dan xalos bo‘lishni tezlashtiradi va vaznni nazorat ostida ushlab turishga yordam beradi, bu ham sog‘lig‘imiz uchun juda muhim hisoblanadi.

Yasmiq

Barcha dukkakli o‘simliklar orasida yasmiqda ko‘p miqdorda protein, kletchatka va kam miqdorda yog‘ mavjud. Uning past glisemik indeksi sog‘lom qondagi glyukoza darajasini saqlashga yordam beradi, bu ham salomatlikni saqlash va hayotni uzaytirish uchun juda muhim.

Bodom

Bodom vazn, qon bosimini, lipid, glyukoza darajasini, xotirani yaxshilaydi. Bodom to‘qlik hissini saqlab qolishga va go‘zal qomatni, sog‘lom vaznni saqlashga yordam beradi.

Arab xurmosi

Arab xurmosi yuqori kaloriya va shakar miqdori tufayli hali ham me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatida turadi. Shu bilan birga, xurmo kalsiy va magniyga boy bo‘lib, suyak salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega, shuningdek, degeneratsiya va katarakta xavfi bo‘lgan insonlarda ko‘z sog‘lig‘ini yaxshilaydigan antioksidant lyutein-zeaksantinni o‘z ichiga oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »