Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning 1-choragida O‘zbekiston iqtisodiyoti ichki va tashqi zarbalar sharoitida rivojlandi. Biroq iqtisodiyot tashqi qiyinchiliklarga chidamliligini ko‘rsatdi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2023-yilning 1-choragida 5,5 foizga o‘sdi.

Qo‘shni mamlakatlardagi ko‘rsatkichlar

Qo‘shni mamlakatlarda YIMning o‘sish sur’atlari yanvar—mart oylarida o‘tgan yilning dastlabki uch oyiga nisbatan tezlashdi. 

Shunday qilib, Qozog‘istonda iqtisodiyot 4,9 foizga, Qirg‘izistonda 4,6  foizga o‘sdi. Xitoyda YIM o‘sishi 4,5 foizni tashkil etdi. Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar—fevral oylarida mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga kamaydi, inflyatsiya sekinlashdi, yil boshidan beri narxlar 1,7 foizga oshdi.

2023-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 2022-yilning yanvar—mart oylaridagi 2,9 foizdan 2,4 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi asosan — 3,4  foiz (2022-yil yanvar—mart oylarida 4,4 foiz), nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,6 foiz (2,1 foiz), pullik xizmatlar narxi 1,6 foiz (1,5 foiz)ga o‘sdi.

Investitsiyalar

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati 3,1 foizgacha sekinlashdi (2022-yil yanvar—mart oylariga nisbatan 26,3 foiz). O‘sish budjet mablag‘lari hisobidan investitsiya hajmining 2,1 barobarga sezilarli o‘sishi, shuningdek, jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostida olingan kreditlar hajmining 22 foizga o‘sishi bilan bog‘liq. 

Markazlashtirilmagan investitsiyalar orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 37 foizga o‘sishi kuzatilmoqda. Umuman olganda, 1-chorak yakunlariga ko‘ra, markazlashtirilgan investitsiyalar ulushi investitsiyalar umumiy hajmining 10 foiz, markazlashtirilmagan investitsiyalar ulushi — 90 foizni tashkil etdi.

Sohalar kesimidagi vaziyat

Yanvar—mart oylarida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘sish kuzatildi, ammo 2022-yilning 1-choragiga nisbatan sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘sish sur’atlari sekinlashdi.

2023-yilning dastlabki uch oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,1 foizga oshdi (2022-yil yanvar—mart oylarida 5,7 foiz). Eng katta o‘sish elektr energiyasi, gaz ta’minoti, bug‘ va havoni tozalash tarmog‘ida (5,4 foiz) qayd etildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,3 foizga oshdi. 

Tog‘-kon sanoatida o‘sish sur’ati 2022-yil yanvar—mart oylariga nisbatan 2 foizgacha tezlashdi (0,8 foiz). Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o‘sishi 2022-yilning 1-choragida 24 foizdan 2023-yilning birinchi 3 oyida 5,1 foizgacha sekinlashdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10,9 foizga oshdi (2022-yil yanvar—mart oylarida 15,9 foiz). O‘sish barcha sohalarda kuzatilmoqda. 

Foto: Review

2022-yilning 1-choragida eng yuqori sur’atlarda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 21 foiz, moliyaviy xizmatlar — 16,9 foiz, ta’lim xizmatlari — 16,6 foiz o‘sdi. 

Transport sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi 13,7 foiz, avtotransport 4,2 foizga oshdi. Yo‘lovchilar aylanmasi 5,3 foizga oshdi, ammo yuk aylanmasi 3,3 foizga kamaydi. 

Shuningdek, chakana savdo aylanmasining o‘sish sur’ati 5,2 foizga (2022-yilning mos davrida — 10,8 foiz) pasayishi kuzatilmoqda.

2023-yilning dastlabki 3 oyida qurilish ishlarining o‘sish sur’ati 2022-yilning 1-choragidagi 6,3 foizdan 4,5 foizgacha sekinlashdi.

Qishloq xo‘jaligida aksincha, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi 3,2 foizga (o‘tgan yilda 2,8 foiz) tezlashishi kuzatilmoqda.

Tashqi savdo aylanmasi

Ko‘rib chiqilayotgan davrda tashqi savdo aylanmasi 11,9 foizga o‘sib, 14,8 mlrd dollarga yetdi. 

Shu bilan birga, eksport hajmi 2,6 foizga kamaydi va 5,7 mlrd dollarni tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,4 baravar sezilarli o‘sish kuzatildi. Importning o‘sish sur’ati 23,4 foizgacha sekinlashdi (2022-yil yanvar—mart oylarida — 44,2 foiz) va import hajmi 9,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Eksport ko‘rsatkichlarining pasayishi xorijga yoqilg‘i-energetika resurslari yetkazib berish 48 foizga, oltin 19 foizga, sanoat tovarlari deyarli 10 foizga, xomashyo 40 foizga kamayishi bilan bog‘liq. 

Shuningdek, oziq-ovqat eksporti 26 foizga, kimyoviy mahsulotlar 13 foizga, mashina va transport uskunalari deyarli 2 baravar, tayyor mahsulotlar 36 foizga, xizmatlar deyarli 50 foizga oshdi.

Importda asosiy o‘sish mashina va transport uskunalarini yetkazib berish 42 foizga, mineral yoqilg‘i va neft mahsulotlari 53 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 17 foizga, kimyoviy mahsulotlar 16 foizga, xomashyo yetkazib berishning 21 foizga oshirish hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Umuman olganda, salbiy ta’sir ko‘rsatgan ko‘plab tashqi va ichki muammolarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 yilning 1-choragida barqarorlikni namoyish etdi va o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi savdosi yil boshidan beri qariyb 15 mlrd dollarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »