Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mikroto‘lqinli pech hidini tozalaydi

Limonni mayda to‘g‘rab idishga solinadi va ustiga suv quyiladi. Mikroto‘lqinli pech maksimal darajada yoqiladi va ichi bug‘languncha kutiladi. So‘ngra o‘chirib, 15 daqiqaga ochilmagan holda qoldiriladi. Keyin mikroto‘lqinli pechning ichki qismini bir marta ishlatiladigan toza mato bilan artib olinadi.

Kiyimlardan dog‘ni ketkazadi

Bu usul hatto eski yoki nozik matolar uchun ham mutlaqo xavfsiz. Dog‘li hudud bir bo‘lak limon bilan namlanadi, tuz sepiladi va 30 daqiqa davomida yarimta limon bilan yopiladi. Keyin iliq suv va sirka bilan yuvib tashlanadi.

Foto: “Noviy ochag”

Zang dog‘ini olib tashlaydi

Bu ham yuqoridagi usul bilan bir xil: tuz va limon. Lekin limon sharbati quyoshda quritilishi kerak. Zang yo‘qolguncha jarayon bir necha marta takrorlanadi.

Xromli texnik vositalarni tozalaydi

Buning uchun bor-yo‘g‘i limon bilan artiladi va quritiladi. Natija esa ajoyib!

Foto: “Noviy ochag”

Kiyimlarda ter dog‘ini bartaraf etadi

Bunda kiyimni yuvishga tashlamasdan oldin ter dog‘i mavjud sohani limon sharbati yoki sirka bilan ishqalash lozim.

Yovvoyi o‘tlarni yo‘qotadi

O‘simliklarga limon sharbati sepib begona o‘tlardan xalos bo‘lish mumkin. Bunda ularga suv quyilmaydi, natijada yo‘qoladi.

Havoni tozalaydi

Bunda limon yoqimli ziravorlar bilan qaynatib olinadi. Sovitilgach, sepiladigan idishga quyib, havoni xushbo‘ylantirish uchun foydalanish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »