Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina aprel oyi oxirigacha har birida 4 ming askar bo‘ladigan 12 ta jangovar brigadani tayyorlashga intilmoqda. Bu haqda The New York Times (NYT) internetga sizdirilgan Pentagon hujjatlariga tayanib xabar berdi. Nashrning taʼkidlashicha, ushbu brigadalarni tayyorlash sanalari Ukraina qarshi hujumining ehtimoliy sanalariga mos keladi.

Foto: Getty Images

Gazetaning yozishicha, mazkur brigadalarga mo‘ljallangan harbiylar AQSH va boshqa NATO davlatlari mutaxassislari tomonidan tayyorlanmoqda.

Avvalroq, Newsweek AQSH Mudofaa vazirligining maxfiy ma’lumotlariga tayanib, qarshi hujum 30-aprelga belgilangani haqida yozgandi. Endi NYT Amerika rasmiylariga tayanib, jangovar harakatlarni kuchaytirish may oyida rejalashtirilganini xabar qilmoqda. O‘tgan hafta Ukraina Oliy Radasida “Golos” partiyasidan deputat Oleksandra Ustinova Kiyev aprel oyida qarshi hujumga o‘tishni kutgani, biroq qurol-yarog‘ yetishmagani uchun buni noma’lum muddatga ortga surishga majbur bo‘lganini aytgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva Ukraina harbiylarining qarshi hujumi haqidagi barcha bayonotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda va “maxsus harbiy operatsiya”ning borishini rejalashtirishda bu maʼlumotlarni hisobga olmoqda. 

AQSH maxfiy hujjatlarining tarqalishi

So‘nggi haftada internetda AQSH razvedkasi va mudofaasiga oid bir qator maxfiy hujjatlar e’lon qilindi, ularda jumladan, Ukraina va Rossiya qo‘shinlarining holati haqida bayon qilingan. 13-aprel kuni AQSH rasmiylari hujjatlarni sizdirishda gumon qilib, harbiy-havo kuchlarining 21 yoshli xodimi Jek Teysheyrani hibsga oldi. Yigitning do‘stlari u urush boshlanganidan beri maxfiy hujjatlarni ulashib kelganini aytishdi.

12-aprel kuni Washington Post gazetasi Ukraina ob-havo sharoiti, uskunalar yetkazib berishning sekinligi, o‘q-dori taqchilligi va maxfiy hujjatlar e’lon qilinishi tufayli bahorga rejalashtirilgan qarshi hujumni keyinga qoldirgani haqida yozdi. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal qarshi hujum yozda boshlanishi mumkinligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »