Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining (MXQ) sobiq rahbari Karim Masimov 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ostona sudi saytida xabar berildi.

Foto: Akorda.kz

Masimov davlatga xiyonat, hokimiyatni egallashga urinish, mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topildi.

“Jazolarni qisman qo‘shib, nihoyat jazo tayinlandi — mulki musodara qilingan holda 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, davlat xizmatidagi lavozimlarni egallash huquqidan umrbod mahrum qilish”, — deyiladi sud xabarida.

Bundan tashqari, MXQ raisining sobiq o‘rinbosari Anuar Sadiqulov ham Masimov bilan bir xil moddalar bo‘yicha aybdor deb topilgan. Unga qarshi 16 yillik qamoq jazosi tayinlangan.

MXQ raisining sobiq o‘rinbosari Daulet Yergojin hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, 15 yilga qamaldi.

MXQ rahbarining sobiq o‘rinbosari Marat Osipov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, sud uni davlat xizmatida lavozim egallash huquqidan mahrum qilib, uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Masimov, Sadiqulov, Yergojin va Osipovlar unvonlari va davlat mukofotlaridan mahrum qilindi. Sud ushbu ishlar bo‘yicha davlat daromadi uchun 10 milliard tengedan (21,9 million dollardan ortiq) va 24 million dollardan ortiq mablag‘ undirdi.

Masimovning lavozimidan ketishi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 2022-yil 5-yanvardagi farmoni bilan Masimov mamlakatdagi tartibsizliklar tufayli MXQ raisi lavozimidan ozod etilgandi. 8-yanvar kuni MXQ Massimov davlatga xiyonatda gumon qilinib, hibsga olinganini ma’lum qildi. 7-noyabr kuni Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Masimovga qarshi jinoiy ishni sudga yubordi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »