Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqoti tashkil etildi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi.

Foto: Madaniyat va turizm vazirligi

Tadbirda qayd etilishicha, 2022-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 5,2 million nafarga yetib, turistik xizmatlar eksporti 1,6 milliard dollardan oshgan. 2023-yilda ham Yevropadan O‘zbekistonga kirib keluvchi sayyohlar soni keskin ortishi kutilmoqda.

“Chernogoriya davlatida yurtimizning tarixiy maskanlari, boy madaniy merosi va go‘zal tabiati bilan yaqindan tanishish maqsadida bo‘lganlar soni ortib borayotganligini qadrlaymiz va ularni mamlakatimizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz, – deydi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Aʼzamov.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ikki mamlakat turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va muhim qulayliklar yaratadi.

Shuningdek, 2023-yilning iyun oyidan boshlab, Chernogoriyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. Endi Chernogoriyaga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi.

Yanvar oyida Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi ma’lumotlariga tayangan holda pasportlarning global reytingini yangilagandi. 2023-yilda esa O‘zbekiston 85-o‘rinda qayd etilgan. Mart oyida esa Uzbekistan Airpots O‘zbekiston fuqarolari vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qilgandi. O‘zbekiston fuqarolari Ozarbayjonda 90 kungacha, Armanistonda 180 kungacha, Gruziyada esa qariyb 1 yilgacha vizasiz yura oladi. 

Izoh

Сардор

26.04.2023, 22:00

Черногорияда у́збекистон фукаролари канча муддат визасиз йуриши мумкин ?

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »