Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniyaning Bild nashri Ukraina maxsus xizmatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kamikadze dron yordamida o‘ldirishga uringani haqida xabar berdi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga munosabat bildirdi.

Foto: RBK

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml Ukraina razvedkasi go‘yoki Rossiya rahbariga hujum uyushtirishni rejalashtirgani haqidagi maqoladan bexabar. Bild nashri Kreml bundan xabardor bo‘lgani va Putinning ishlash grafigini o‘zgartirganini aytgandi.

“Yo‘q, biz mazkur nashrlar bilan tanish emasmiz. Hozir bunday turdagi turli ‘sariq uydirmalar’ ko‘p. Bu hammasi bilan tanishib chiqish uchun sabab bo‘lolmaydi”, — degan Kreml matbuot kotibi.

Bild Putinni o‘ldirishga urinish bo‘lganini xabar qildi

Germaniya nashri Ukraina maxsus xizmatlari Rossiya prezidentini kamikadze dron bilan o‘ldirmoqchi bo‘lgani, biroq Kreml buni sir tutayotgani haqida surishtiruv materiali e’lon qildi

Unda Ukraina razvedkachilari Putinning “Rudnevo” sanoat parkiga tashrif buyurishi haqida xabar topgani, uning sayohati xaritasini qo‘lga kiritgani yozilgan. Ukraina kelajak instituti eksperti, siyosatshunos Yuriy Romanenko bu ma’lumotni tasdiqlagan.

U Putinga zarba berish uchun 17 kilogramm portlovchi moddaga ega drondan foydalanilgani va u Rossiyaning barcha havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali uchib o‘tganini aytgan.

“Biznikilar kamikadze dronini ishga tushirgan, u Rossiyaning barcha havo mudofaa tizimlari ustidan uchib o‘tgan va sanoat parkidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qulagan. Ertalab Kremlda dron haqida ma’lum bo‘lgach, jiddiy shov-shuv boshlangan. Peskov Putin Kremlda ishlashi haqida yangi grafik tuzgan”, — degan Romanenko.

Ta’kidlanishicha, Putinning tashrifi 24-aprel emas, 27-aprel sanasiga belgilangan bo‘lgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »