Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida uch xotiniga aliment to‘lamagan erkak qamoqqa olindi. MIB axborot xizmati bu haqda “Daryo”ga maʼlumot berdi.

Foto: MIB axborot xizmati

Unga ko‘ra, hozirda mazkur erkak 4-marta uylangan. Yakkabog‘ tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan Y.M. va u kabi yana 15 nafar qarzdor otalarning maʼmuriy javobgarlik ishlari ko‘rib chiqildi. 

Ularning 14 nafari, shu jumladan, Y.M.ga ham maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, 2 nafar qarzdor o‘z oilasi bilan yarashgani tufayli maʼmuriy ish yurituvi tugatildi. Agar qarzdorlar maʼmuriy javobgarlikdan keyin ham aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, ularga nisbatan jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »