Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqida O’zbekiston hamkorlikka tayyor bo’lgan beshta asosiy yo’nalishni aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning so’zlariga ko’ra, birinchidan, O‘zbekiston “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish yo‘lini qatʼiy davom ettiradi. Ayniqsa, ACWA Power, Masdar, Total Eren kabi jahonning eng nufuzli kompaniyalari mamlakatda yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirmoqda. Shu yilning o‘zida 2 ming megavattdan ziyod, keyingi yilda esa 8 ming megavattli quvvatlar ishga tushadi.

“Yashil iqtisodiyot” sanoatning yangi yo‘nalishlarini ham olib kelmoqda. Quyosh panellari, shamol turbinalari, invertor va boshqa elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar barpo etilmoqda. Bu – investorlar uchun 8 milliard dollarlik imkoniyat.

“Sizlarni shu kabi loyihalarni amalga oshirishga taklif qilamiz va buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ikkinchidan, yaqin-yaqingacha iqtisodiyotning muhim tarmoqlari faqat davlat korxonalaridan iborat edi. Islohotlar natijasida oldinlari “yopiq” bo‘lgan tarmoqlarga xususiy investitsiyalar faol kirib kelayotgani qayd etildi. Transport sohasida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettiriladi. Temir yo‘l sohasida ham katta o‘zgarishlarni boshlanadi.

“Shu bilan birga, tez o‘sib kelayotgan IT, turizm, taʼlim, tibbiyot kabi sohalarda O‘zbekiston mintaqaviy xabga aylanib borayotgani ham bu yo‘nalishdagi katta imkoniyat. Ushbu rejalarimizni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlarining ko‘magiga tayanamiz. Misol uchun, Islom taraqqiyot banki bizga ishonch bildirib, davlat kafolatisiz 1,5 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha jadal ishlayapti. Buning uchun forumda ishtirok etayotgan bankning prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir janoblariga alohida minnatdorligimni bildiraman. O‘ylaymanki, bu hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi va har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ladi. Umuman, bu yil davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish bo‘yicha 14 milliard dollarlik alohida dasturlar xalqaro moliya institutlari ko‘magida ishlab chiqildi. Bular davlat uchun muhim bo‘lgan transport, kommunal va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash kabi tarmoqlarni qamrab oladi va ular bo‘yicha ushbu forum doirasida sizlarga aniq loyihalar taqdim etiladi”, — deydi prezident o’z nutqida.

Uchinchidan, bu yil davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha “1 ming + 1 ming + 40” dasturi qabul qilindi. Bu degani 1 mingta korxonadagi davlat ulushlari hamda yana mingta davlatga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari ochiq auksion savdolariga chiqariladi, iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega 40 ta korxona IPO ga olib chiqiladi. Jumladan, oltin, mis ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, telekommunikatsiya va sug‘urta kompaniyalari hamda banklar aksiyalari investorlarga taklif etiladi.

To‘rtinchidan, industrial rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishga ahamiyat beriladi. Masalan, hozirgi kunda to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektr texnikasi, mashinasozlik tarmoqlari yetarli xomashyo bazasi va malakali kadrlarga ega. Yaʼni, shu sohalarda “katta sakrash” qilib, ulardagi ishlab chiqarish va eksportni 2 barobar oshirish uchun yetarli imkoniyatlar bor. Buning uchun yirik brendlar bilan hamkorlik, tashqi bozorlarga chiqish, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar kerak.

“Bularni olib keladigan investorlarga biz barcha sharoitlarni yaratish, alohida texnopark hamda sanoat zonalari tashkil qilish va boshqa qo‘shimcha imtiyozlarni yaratib berishga tayyormiz. Bu borada vazirlarga topshiriq berganman. Ular sizlarga forum sessiyalari davomida 160 ta yirik va o‘zaro manfaatli loyihalarni taqdimot qiladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Beshinchidan, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik siyosatini davom ettirib, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan faol ishlanmoqda. Ushbu maqsadlarda qo‘shma investitsiya fondlari tashkil qilinib, sanoat, energetika, transport va suv xo‘jaligi sohalarida yirik mintaqaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotlarning “bir-birini to‘ldirishi” tamoyili asosida sanoat va agro kooperatsiyalar qatʼiy davom ettiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »