Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

28-aprelga o‘tar kechasi Afg‘onistondan Tojikiston hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan kontrabandachilar bilan otishmada tojikistonlik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (MXDQ) “Xorug‘” chegara otryadi matbuot markaziga tayanib, “Xovar” davlat axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Asia Plus

Xabarga ko‘ra kontrabandachilar 8 kishidan iborat bo‘lgan, ular o‘ta yirik hajmdagi narkotik moddalar, shuningdek, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni olib o‘tish maqsadida chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Kontrabandachilar tojik chegarachilarining taslim bo‘lish haqidagi buyrug‘iga bo‘ysunmay, o‘t ochgan, so‘ng voqea joyida giyohvand moddalar, qurol va o‘q-dorilarni qoldirib, Afg‘oniston hududiga qochib ketgan.

Hodisa joyida afg‘on kontrabandachilarining uch sherigi qo‘lga olingan: ular Tojikiston fuqarolari ekani aniqlangan.

Otishma joyidan 45 kg geroin, to‘rt dona Kalashnikov avtomati, 74 dona patron, tungi ko‘rish moslamasi va 10 ming dollar topilgan.

“Ozodi” radiosi xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiy Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Xorug‘ shahar boshqarmasi boshlig‘i Komron Rajabzoda edi. Biroq rasmiy bayonotda marhumning shaxsi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Tojikiston xavfsizlik kuchlari Afg‘onistondan Tojikistonga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan ikki qurolli jangarini otib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. MXDQ maʼlumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar Tojikiston hududida terakt uyushtirishni rejalashtirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »