Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Buxoro shahridagi ustaxonalarning birida gaz balloni yorilishi oqibatida ikki kishi 95 foiz kuyib, shifoxonaga olib kelindi. Viloyat FVB axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi

Xabarga ko‘ra, 28-aprel kuni soat 16:15 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro A.M. tomonidan “S.Rahimov” MFY, Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni yorilganligi toʼg‘risida xabar kelib tushgan. 

Holat yuzasidan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipaji jalb qilingan. Shifokorlarning dastlabki tashxisiga ko‘ra fuqarolar 1985-yilda tug‘ilgan S.Sh. va 1986-yilda tug‘ilgan K.Sh. tanasining 90-95 foiz kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali kuyish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli og‘ir. 

Voqea sababi oʼrganilganda xizmat ko‘rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz ballonini taʼmirlash jarayonida gaz balloni yorilib, ustaxonaning eshik va derazalarining sinib, shikastlanishga olib kelgani aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »