Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning birinchi choragida o‘rtacha hisoblangan nominal ish haqi 4,1 mln so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nominal hisoblangan ish haqi — ish beruvchining ma’lum bir vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar bajarilgani yoki xizmat ko‘rsatilganligi) uchun hisoblangan amaldagi qonunlarga muvofiq soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan naqd pul shaklida jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad.

2023-yilning yanvar—mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (6,6 mln so‘m), Navoiy viloyatida (5,5 mln so‘m), Toshkent viloyatida (4,1 mln so‘m), Andijon viloyatida (3,5 mln so‘m) hamda Buxoro viloyatida (3,5 ming so‘m) kuzatildi. 

Eng ko‘p oylikni moliya va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlar olmoqda — o‘rtacha 11 mln so‘m. 

Ta’lim (2,9 mln so‘m) hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2,7 mln so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda. 

Ma’lumot uchun: Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2022-yil 1-iyunda 920 ming so‘mga ko‘tarilgan edi. 2023-yil 1-maydan bu ko‘rsatkich 980,0 ming so‘mga yetkazilmoqda. 

O‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda jami 3 057 842 nafar xodimning ma’lumotlaridan foydalanilgan. 

Izoh

Хакимбай Худайбергенов

28.04.2023, 16:29

нимга ялгон ахборот таркатасизлар статистика. ярмига хам тугри келмайди

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »