Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

MIB Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektorlari tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 4-oyi davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlardan 43 nafari topildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: MIB Namangan viloyati boshqarmasi

Hozirda boshqarma ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha 94 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Qidiruvga berilgan ushbu shaxslardan 56 nafarining chet elga chiqib ketganligi aniqlandi va ularga nisbatan davlatlararo qidiruvni amalga oshirish bo‘yicha so‘rovnomalar yuborildi. Ulardan 34 nafari Rossiya, 18 nafari Qozog‘iston, 2 nafari Turkiya, qolganlari esa Janubiy Koreya va Belorusda ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, 38 nafar mahalliy qidiruvga berilgan qarzdorlarni topish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda va topish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarzdor G‘ulomjon Adashevdan (ism-shariflar shartli) undiruvchi Gulnoza Yusupova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish haqidagi hal qiluv qarori ijrosini taʼminlash jarayonida ota 12 million so‘mdan ortiq qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani va yashash joyidan topish imkoni bo‘lmaganligi bois unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida qarzdor ota Toshkent shahri xududida yurganligi aniqlangan hamda ichki ishlar xodimlar bilan hamkorlikda topilgan. Videokonfrensaloqa rejimida ko‘rilgan sud jarayonida unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »