Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyodagi eng yirik suyultirilgan gaz (LNG) xaridori bo‘lgan Yaponiyaning Jera energetika guruhi rahbari Yukio Kani bu yil gaz narxi oshishi xavfi borligini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Biznesmenning fikricha, agarda kelayotgan qish odatdagiga qaraganda sovuqroq bo‘lsa, gaz narxi ko‘tarilishi xavfi yanada ortadi. 

Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Yukio Kani Xitoyda koronavirus cheklovlari va issiq qish yonilg‘iga bo‘lgan talabni kamaytirganini, shu sababli LNG spot narxlari yildan-yilga sezilarli darajada pasayganini aytdi.

Shu bilan birga, joriy yilda Yevropada importning o‘sishi, Xitoyda koronavirus cheklovlari yumshatilgani ham gaz narxiga o‘sishiga jiddiy ta’sir qiladi. 

Ma’lumot uchun, bahor mavsumida Yevropada tabiiy gaz narxining pasayishi davom etmoqda.

O‘zbekiston 2023-yilning birinchi choragida 152,9 mln dollarlik gaz import qildi.

Yanvar—mart oylaridagi gaz importi 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga ko‘proq bo‘ldi. Birinchi chorakda amalga oshirilgan gaz importining deyarli hammasi mart oyiga to‘g‘ri kelgan — 151,2 mln dollar. 

Gaz eksporti bo‘yicha vaziyat umuman boshqacha. Uch oyda 27,4 mln dollarlik gaz eksport qilingan va bu 2022-yilning ilk choragiga nisbatan 70,6 foizga kamroq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »