Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putindan avgust oyida Yoxannesburgda o‘tkazilishi rejalashtirilgan BRIKS sammitiga kelmaslikni, balki videoaloqa orqali qatnashishni so‘radi. Bu haqda The Sunday Times xabar berdi.

Foto: Reuters

Nashr JAR rasmiylariga tayanib yozishicha, agar Putin mamlakatga kelsa, Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro jinoiy sud buyrug‘ini bajarishi va uni hibsga olishi kerak bo‘ladi.

“Putin mamlakatga kelsa, hibsga olmaslikning iloji yo‘q. Agar u tashrif buyursa, uni hibsga olishga majbur bo‘lamiz”, — dedi rasmiy.

O‘tgan hafta Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramaposa mamlakat vitse-prezidenti boshchiligidagi maxsus hukumat qo‘mitasini tuzib, Putinni hibsga olishga order berish bilan bog‘liq variantlarni o‘rganib chiqdi.

Sunday Times manbasiga ko‘ra, qo‘mita Putinning BRIKS sammitida videoaloqa orqali ishtirok etishidan boshqa variantlarni topa olmaydi.

“Bizda yagona variant — Moskvadan Teams yoki Zoom orqali ulanish”, — dedi hukumat vakili.

Hozir Janubiy Afrika Respublikasi bu borada Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda.

The Sunday Times nashrining yozishicha, JAR Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashdan yoki uning Ukrainadagi agressiyasini qoralashdan bosh tortgan. 

Biroq Xalqaro jinoiy sud tomonidan Putinni ukrainalik bolalarni Rossiya tomonidan bosib olingan hududdan majburan deportatsiya qilish aybi bilan hibsga olish orderi chiqishi JARdagi hukmron partiyani noqulay ahvolga solib qo‘ydi.

JAR Rim statutini imzolagan davlatlar qatoriga kiradi, bu esa uni Xalqaro jinoiy sud qarorlarini bajarishga majbur qiladi. Order chiqarilgandan so‘ng JAR Putinni hibsga olish majburiyatlari bo‘yicha yuridik maslahat so‘radi.

Avvalroq JAR Xalqaro jinoiy suddan chiqishi haqida xabar tarqalgandi. Keyinroq Janubiy Afrika respublikasi prezidenti idorasi hukmron partiya pozitsiyasi yanglish tarzda ma’qullaganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »