Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank tomonidan “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi amaliyotga joriy etildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Regulyator tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga hamda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu o‘zgartirishlar asosan “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasini amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, platformani dastlab Toshkent shahridagi bank filiallarida sinov tariqasida amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, keyinchalik mamlakatning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Markaziy bank ushbu platforma orqali banklarga naqd pullarni boshqarishda yanada erkinlik berilishini ta’kidlagan. 

Bunda banklar ehtiyojidan ortiqcha naqd pullarni ushbu platforma orqali taklif qilishi, naqd pulga talabi bo‘lgan banklar esa kelishuv asosida naqd pullarni jalb qilishi mumkin. 

Ta’kidlanishicha, platforma orqali naqd pullarga bo‘lgan talabi qondirilmagan bank bo‘linmalari Markaziy bank tomonidan naqd pullar bilan ta’minlanadi.

2023-yilning birinchi choragida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln so‘mga kamayib, 40 trln so‘mni tashkil qilgan.

Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog‘ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaygan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »