Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonun bilan davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Qonunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat:

  • davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;
  • davlat tomonidan mablag‘ jalb etish;
  • davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni boshqarish;
  • davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish;
  • davlat qarzini restrukturizatsiya qilish;
  • davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni qaytadan kreditlash;
  • davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish;
  • davlat qarziga oid shartnomalar va davlat kafolatlarining ro‘yxatini yuritish;
  • davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish;
  • davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishini taʼminlash va davlat kafolatlarini bajarish.

Shunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda 3 yil muddatga tasdiqlanadi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarzni o‘z ichiga oladi hamda qisqa (1 yilgacha), o‘rta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin.

Davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish prognozlari

O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 5,1 foizni tashkil etishi (Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirda prognoz qilinayotgan eng yuqori o‘sish) va o‘rta muddatli istiqbolda bosqichma-bosqich tezlashishi kutilmoqda

Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar bilan bog‘liq transport logistikasidagi qiyinchiliklar oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori bo‘lishiga va shaxsiy iste’molni kamaytirishga turtki bo‘lib qolishi kutilmoqda.

2022-yilda xususiy investitsiyalar hajmi va savdoning o‘sishi hamda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘zining eng yuqori cho‘qqisidan barqarorlanishi kutilmoqda. Xitoyda prognoz qilinayotgan iqtisodiy tiklanish O‘zbekistondan tekstil va oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga talabni oshirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat qarzi 2022-yilda 29,2 milliard dollarni tashkil qilgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »