Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikistonning Dushanbe—Chanoq avtomagistralida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika Favqulodda holatlar vazirligiga tayanib, “Daryo”ning Dushanbedagi muxbiri xabar berdi.

Foto: Voqea joyidan olingan surat / Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, So‘g‘d viloyatining Ayni tumani markazidan Panjakent shahriga eltuvchi katta yo‘lda Starex rusumli mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, 200 metrlik balandlikdan pastga qulab ketgan. Natijada haydovchi bilan birga 5 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Qutqaruvchilarning aytishicha, marhumlarning jasadlari ichki ishlar xodimlariga topshirilgan. Bir ayol bilan uch nafar bola turli darajadagi jarohati olgan va Ayni tumani kasalxonasiga yuborilgan. Hozirda Tojikiston FHV va Ichki ishlar mutasaddilari tomonidan avtohalokatga sabab bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Choryor Avliyozoda, Dushanbe

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »