Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyadagi oshxonalar odatda keng bo‘lmaydi, ammo bu mahalliy aholiga haqiqiy san’at asarlarni pishirishga to‘sqinlik qilmaydi. Oshxonani yanada funksional va qulay qilishlariga yordam beradigan ko‘plab usullar mavjud. Ular kichkina oshxonadan maksimal darajada foydalanishga va pishirishdan zavq olishga yordam beradi.

Oshxonada keraksiz texnika va jihozlarni saqlashmaydi

Fransuzlar ajoyib taomlari bilan mashhur. Deyarli hammaning oshxonasida mazali taom tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan hamma narsasi bo‘ladi. Ammo kamdan kam ishlatiladigan qo‘shimcha gadjetlar va kichik maishiy texnikani saqlashmaydi.

Ilgaklardan foydalanishadi

Fransuzlar ko‘pincha ilmoqlar, javonlar va boshqa kichik detallarni ishlatishadi, shu bilan bo‘sh joydan iloji boricha unumli foydalanishadi. Masalan, ular kostryulka va idishlarni ilgakka osib qo‘yishadi yoki oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun maxsus tokchalar o‘rnatadilar.

Idishlar miqdorini kamaytirishadi

Oshxona ko‘pincha kichik bo‘lganligi sababli fransuzlar ovqat tayyorlash uchun zarur bo‘lgan idishlar miqdorini kamaytirishadi. Ular ovqat va ichimliklar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan universal idishlarni tanlaydi.

Uzun va tor idishlarni xarid qilishadi

Mahalliy oshpazlar pechka va shkaflarda kamroq joy egallaydigan tor va baland kastryullarni afzal ko‘radi.

Ko‘p funksiyali texnika olishadi

Deyarli har bir fransuz oshxonasida turli vazifalar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ko‘p funksiyali jihozlarni ko‘rish mumkin. Misol uchun, bir vaqtning o‘zida pishiradigan, qovuradigan va muzdan tushiradigan kombinatsiyalangan mikroto‘lqinli pechni yoki ko‘p funksiyali blenderlarni ko‘rish mumkin.

Kichik muzlatkichlardan foydalanishadi

Mahalliy oshxonalardagi muzlatkichlar odatda kichik va stol ostiga qo‘yiladi. Gap shundaki, fransuzlar taom uchun yangi mahsulotlardan foydalanishni afzal ko‘rishadi. Ular tez-tez bozorga borishadi yoki yangi sabzavot va mevalarni xarid qilishadi, shuningdek, go‘sht va baliqni oz miqdorda sotib olishadi. Shunga ko‘ra, ular uyda juda ko‘p oziq-ovqat sig‘adigan baland muzlatkichga ega bo‘lishlari shart emas.

Pishiriq idishlarini saqlashmaydi

Ko‘pchilikda keks pishirish uchun turli xil shakllar, pishirish varag‘i, o‘lchash stakanlari, tarozi, rulonlarni bor. Ular odatda juda ko‘p joy egallaydi. Gap shundaki, Fransiyada qandolat do‘konlarini deyarli har bir burchakda uchratish mumkin va fransuzlar uyda shirinlik pishirishiga hojat yo‘q.

Yig‘ma stol-stullardan foydalanishadi

Kichik oshxona uchun yig‘iladigan stol-stullar mukammal yechimdir. Ular foydalanilmaganda minimal joy egallaydi va tushlik yoki kechki ovqat uchun osongina olib qo‘yilishi mumkin.

Kichik stollar ishlatishadi

Kichkina stol ko‘p joy egallamaydi va foydalanilmaganda osongina yig‘ib qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari, fransuz oshxonasi o‘zining romantik muhiti bilan mashhur bo‘lib, kichik stol bunday atmosferani yaratishga yordam beradi.

Yashirin shkaflari bo‘ladi

Fransuzlar joyni tejash va oshxonani tartibli saqlash uchun idishlarni yashirin joylarda saqlashni yaxshi ko‘radi. Tortmali shkaflar, devorga ilingan  shkaflar, osilgan tortmalar va boshqalar mebel ichida ko‘p narsalarni saqlashga imkon beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »