Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHda 2001-yil 11-sentabrdagi qonli teraktni uyushtirganlik uchun mas’ul bo‘lgan “Al-Qoida” rahbari Usama bin Ladenning jasadi dengizga tashlangani sababi ma’lum qilindi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xabarga ko‘ra, taqiqlangan terrorchilik tashkiloti rahbari ko‘milgan qabriston uning muxlislari tomonidan ziyoratgohga aylanmasligi uchun shunday yo‘l tutilgan. Bin Laden 12 yil oldin, 2011-yil 2-may kuni Pokistonning Abbotobod shahrida yashirinib yurgan uyining uchinchi qavatida otib o‘ldirilgan.

Foto: Getty Images

U Markaziy razvedka boshqarmasining “Neptun nayzasi” deb nomlangan 40 daqiqalik operatsiyasi davomida yo‘q qilingan. Hujum paytida uyda bo‘lgan yana to‘rt kishi, jumladan, uning o‘g‘li va yana bir ayol halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng amerikalik qo‘shinlar Afg‘onistonga qaytgan, u yerda DNK testi yordamida jasadning shaxsini aniqlagan.

Ammo birinchi raqamli terrorchining jasadini dafn etish missiyasi ham muhim jarayon bo‘lgan. AQSH buni o‘zi xohlagan tarzda va go‘yo islom an’analariga rioya qilgan holda amalga oshirganini ilgari surgan.

Vashington bin Laden dafn etilgan joy kelajakda jihodchilar uchun ziyoratgoh bo‘lishi va keyingi terrorchilik hujumlariga turtki bo‘lishidan xavotirlana boshlagan.

Shu tariqa jasad Arab dengiziga 1300 kilometr masofada tashlangan. Jasad oq kafanga o‘ralib, qopga solingan. Jarayon oldidan amerikalik zobit arab tilida yozilgan matnning tayyorlangan tarjimasini o‘qigan.

Bu yondashuvni tanqid qiluvchilar ham kuzatilgan. Ba’zilar bin Ladenning yuzini Makkaga qaratgan holda yerga dafn qilish kerak edi, desa, boshqalari Islomda faqat kemada vafot etgan taqdirdagina dengizda dafn etishga ruxsat berilishini aytgan.

Bunga javoban AQSH terrorchining jasadini olishga rozi bo‘ladigan biror mamlakat yoki hatto biror shaxs topilmaganini aytgan. Ammo bin Ladenning katta oilasi uni osongina qabul qilgan bo‘lardi, degan fikr bildirilgan.

“Al-Qoida” ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh

Raxmatullox Yuldashev

03.05.2023, 07:41

АҚШ даги теракт 2011 йилда эмас 2001йилда уюштирилган

Asliddin

02.05.2023, 21:45

2001- yil 11 sentyabr 2011-yil emas

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »