Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yil 1-aprel holatiga ko‘ra banklarning muammoli kreditlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

“Daryo” / Madina Nurman 

Unga ko‘ra, banklardagi jami kredit portfeli 408,6 trln so‘mga yetgan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 10,6 trln so‘mga ko‘proq degani. 

Mart oyida banklardagi umumiy muammoli kreditlar (NPL) fevral oyiga nisbatan 710 mlrd so‘mga kamayib, 14,3 trln so‘mni tashkil qilgan. NPL miqdori joriy yil boshidan beri birinchi marotaba pasaydi.

Yanvarda muammoli kreditlar ko‘rsatkichi 920 mlrd so‘mga, fevralda esa 160 mlrd so‘mga ko‘paygan edi.

O‘tgan oyda umumiy kredit portfelidagi NPL ulushi 0,3 foizga pasayib, 3,5 foiz darajasida bo‘ldi. Banklar orasida NPL miqdori eng ko‘p “Milliy bank”da saqlanib qolmoqda va o‘tgan oyga nisbatan biroz ko‘paygan — 2,6 trln so‘m. 

NPL ulushi bo‘yicha eng baland ko‘rsatkich hamon “O‘zagroeksporbank”da — bankning jami kreditlardagi NPL ulushi 80,4 foizni tashkil qildi. Bu yanvarga nisbatan 3,9 foizga ko‘proq bo‘lsa-da, yanvarga nibatan 16,1 foizga kamroq.

Izoh

Azizjon Sanoqulov

02.05.2023, 18:53

25 милйон киредит олиб 35 милйон булдими нииа

Azizjon Sanoqulov

02.05.2023, 18:51

набарот муамо купайиб кетику барака топкурла киредитга мол куй олиб кашоклашдим банкирлага таминотчилага чора курингла

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »