Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Noviy ochag” nashri ushbu maqolada Bollivud yangi Gollivud ekanligini isbotlaydigan 10 ta hind filmini to‘pladi.

“Pathan”

Rejissor: Siddharth Anand

Rollarda: Shohrux Xon, Dipika Padukone, Salmon Xon, Jon Abraham

Foto: Indian Films

Bollivud tarixidagi eng qimmat va eng yuqori daromad keltiruvchi filmlardan biri. Aktyorlar 90-yillarda milliardlab odamlar kumiriga aylangan hind kinosi qiroli Shohrux Xon va Kann va “Oskar” qizil gilamlarida porlagan, shuningdek, Cartier va Louis Vuittonning yuzi bo‘lgan aktrisa Dipika Padukone. Jangovar film sujeti nihoyatda sodda: tashkilotning eng yaxshi agenti Pathan boshchiligidagi Hindiston maxsus xizmatlari o‘z vataniga xiyonat qilib, dushman tomoniga o‘tgan yovuz odamga qarshi kurashadi.

Gollivudning barcha qonunlariga muvofiq ajoyib mushtlashuvlar, yorqin ta’qiblar va real janglar, qo‘shiq va raqslarsiz hind filmini tasavvur qilib bo‘lmaydi — Dipika va Shohrux ishtirokidagi kliplar YouTube’da 400 million marta ko‘rilgan. Aytgancha, “Pathan”da Rossiya manzaralari ham bor — bu film Baykal ko‘lida suratga olingan birinchi hind filmi bo‘ldi.

“Brahmastra 1-qism: Shiva”

Rejissor: Ayan Mukherji

Rollarda: Ranbir Kapur, Amitabh Bachchan, Alia Bhatt

Foto: Indian Films

Bu endi shunchaki klassik jangovar film emas — hindlar Marvelga o‘z javoblarini taqdim etishdi. Tanqidchilarning sharhlariga ko‘ra, film juda yaxshi chiqqan, deb aytish mumkin. Asosiy rollarni: Alia Bhat va Ranbir Kapur o‘ynagan. Ranbir shunchaki yaxshi aktyor emas, u butun aktyorlik sulolasini davom ettiradi.

Film sujeti hind afsonalariga asoslangan­. Qizig‘i shundaki, bu kartina “Brahmastra” trilogiyasining boshlanishi: kelasi yili ijodkorlar tomoshabinlarni yangi superqahramonlik filmi bilan xursand qilishga va’da berishmoqda.

“Yo‘lbars”

Rejissor: Ali Abbos Zafar

Rollarda: Salmon Xon, Katrina Kaif

Foto: Indian Films

“Yo‘lbars” — Bollivudning yana bir jangovar filmi. Salmon Xon va Katrina Kayf bosh rollarini ijro etishgan. Filmda terrorchilar bilan to‘qnashuv haqida hikoya qilinadi. Avvaliga Hindiston (Salmon) va Pokiston (Katrina) razvedka idoralari vakili bo‘lgan bosh qahramonlar alohida-alohida ishlashadi, lekin keyin ular bir-birlarini sevib qolishadi va mamlakatlarining umumiy dushmanlariga qarshi kurashish uchun birlashishadi.

“Ram va Lila”

Rejissor: Sanjay Lila Bhansali

Rollarda: Ranvir Singx, Dipika Padukone

Foto: Indian Films

Ushbu film Shekspirning “Romeo va Juliyetta” asari asosida suratga olingan: Hindistonning kichik shaharchasida asrlar davomida bir-biri bilan kurashib kelgan ikki oila yashaydi. Agar qarama-qarshi urug‘lardan bo‘lgan ikki yosh bir-birini sevib qolmaganda, hammasi shunday davom etardi.

Go‘zal, musiqiy va yorqin melodrama Bollivudning eng kuchli juftligi — Ranvir Singx va Dipika Padukone tomonidan ijro etilgan.

“Oq yo‘lbars”

Rejissor: Ramin Bahrani

Rollarda: Priyanka Chopra, Rajkumar Rao, Adarsh ​​Gurav

Foto: Indian Films

Film zamonamizning eng mashhur (madhiyasini yozgan Rabindranat Tagordan keyin) hind yozuvchisi Aravind Adiganing shu nomdagi asari asosida yaratilgan.

Kichkina hind qishlog‘ida tug‘ilgan, barcha to‘siqlarga qaramay, muvaffaqiyatga erisha olgan yigit taqdiri haqida hikoya qiluvchi filmda ikki mashhur yulduz: Priyanka Chopra va Rajkumar Rao rol o‘ynagan.

“Gang daryosiga shon-sharaf”

Rejissor: Prakash Jha

Rollarda: Priyanka Chopra

Foto: Indian Films

Priyanka Chopra bilan yana bir film. Abhe Mathur — qattiqqo‘l ayol politsiya komissari, uni boshliqlari xavfli tumanga o‘tkazadi, u yerni jinoyatchilar boshqaradi: hatto politsiya ham ularga bo‘ysunadi. Ammo Abhe shaharda tartib o‘rnatish uchun hayotini xavf ostiga qo‘yishga tayyor.

Hindistonda ayollarning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq katta muammo bor. Shuning uchun hindlar kuchli ayollar haqida filmlar suratga olishni juda yaxshi ko‘radi va shu yo‘l bilan mahalliy aholiga dunyoni ko‘rsatib beradi.

“Qalbaki”

Rejissor: Raj Nidimoru

Rollarda: Shahid Kapur

Foto: Indian Films

Mazkur hind seriali qalbaki pul sotuvchilar haqida hikoya qiladi, ular yerosti dunyosining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishga va eng zo‘r jinoyatchilardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘lishadi. Serialda bosh rolni Shahid Kapur o‘ynagan.

“Mening ismim Xon”

Rejissor: Karan Johar

Rollarda: Shohrux Xon, Kajol

Foto: Indian Films

Ushbu filmda Shohrux Xon 11-sentabrdan keyin Qo‘shma Shtatlarda doimiy ta’qiblar obyektiga aylangan hindistonlik musulmon muhojiri rolini o‘ynagan va uning sevgilisi undan yuz o‘girgan. Uning ichonchini qozonish uchun Xon juda xavfli ishga qo‘l uradi.

Film mahalliy va xorijiy tanqidchilarning ko‘plab ijobiy sharhlarini olgan. U hatto Berlin kinofestivalida ham namoyish etilgan. Shuningdek, ushbu film Qozon xalqaro musulmon filmlari festivalida “Tomoshabinlar tanlovi” mukofoti bilan ham taqdirlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »