Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sitrusli sous va sarimsoq tovuq go‘shtiga o‘zgacha ta’m beradi. Tovuqli taomning mazasi barchaga yoqadi.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • kartoshka — 800 g
  • tovuq sonlari — 4-5 dona
  • limon — 3 dona
  • sarimsoq — 6 donacha
  • zaytun yog‘i — 120 ml
  • quritilgan oregano — 1 choy qoshiq
  • quritilgan rozmarin — 1 choy qoshiq
  • tuz — 1 choy qoshiq
  • murch — 1 choy qoshiq
  • maydalangan qizil qalampir — 1 chimdim
  • tovuq sho‘rvasi yoki suv — 250 ml

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshkani katta bo‘laklarga kesib oling va tovuq sonlari bilan bir idishga soling.
  2. Limondan 120 ml sharbatni siqib oling. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Zaytun yog‘i, oregano, rozmarin, tuz va murch bilan aralashtiring.
  3. Aralashmani tovuq va kartoshkaga qo‘shing va bir tekis bo‘lishi uchun aralashtiring.
  4. Masalliqlarni ichi chuqur idishga joylashtiring. Issiq sho‘rvani yoki suvni qo‘shing.
  5. Kartoshka va tovuq go‘shtini 20 daqiqa davomida 200 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying. Keyin ehtiyotkorlik bilan aylantiring va yana 20-25 daqiqa pishiring.

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »