Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahriga yangi keltirilgan ikkita “garmoshka” avtobusning tom qismidagi qoplama qo‘porilib tushgani aks etgan surat va videolar tarqaldi. Ayrim blogerlar holatni avtobuslar sifatsizligi bilan bog‘lashga uringan. “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur voqeaga izoh berdi.

Bugun, 2-may kuni “Toshshahartransxizmat” tomonidan poytaxtdagi 8-avtobus saroyiga press-tur uyushtirildi. Unda ishtirok etgan “Toshshahartransxizmat” raisi Anvar Jo‘rayev “garmoshka” avtobusning tom qismidagi qoplama qo‘porilib tushgani to‘g‘risidagi voqeani izohladi.

Anvar Jo‘rayev
Foto: “Daryo”

“Voqea Yunusobod tumanida, yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan yo‘nalishda yuz berdi. U yerda avtobuslar harakatlanishi uchun alohida yo‘lak tashkil etilgan. Chinor daraxti o‘sib, yo‘l qismiga chiqib ketgani hisobiga shoxlari ko‘chada harakatlanayotgan avtobus ustidagi plastikdan yasalgan gaz ballon to‘sig‘ini ko‘chirib yuborgan. Gaz ballonga yoki boshqa qismlarga shikast yetmagan. Xavfsizlik qobig‘i joyidan qo‘zg‘alib tushib ketgan, uni joyiga qo‘ydik. Daraxtning mayda shoxlari obodonlashtirish xizmati xodimlari tomonidan olib tashlandi. Hozir YHXB bilan yo‘l tasmalari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Daraxtga shikast yetkazilmasligiga alohida eʼtibor qaratilyapti”, – dedi u.

Anvar Jo‘rayev so‘zi davomida voqeani noto‘g‘ri talqin qilgan blogerlarga murojaat qildi.

“Qandaydir holat bo‘lsa, rasmiymi yoki norasmiymi bizlarga murojaat qilsangiz, u nimadan kelib chiqqanini yoritib berardik. Bu voqeaning avtobusning sifatsizligiga umuman aloqasi yo‘q. Qobiq daraxt shoxining tegib ketgani sabab ko‘chib ketgan. Albatta, bu yerda haydovchining aybi bor. U eʼtiborsizligi sabab shu voqea sodir bo‘ldi. Xatoga yo‘l qo‘ygan haydovchilar va masʼullarga chora ko‘rildi”, – dedi tashkilot rahbari.

Avvalroq O‘zbekiston Xitoydan mingta avtobus va elektrobuslar sotib olgani xabar qilingandi. Xususan, 200 dona Xitoyning “Kingvong” zavodidan 18 metrli tabiiy gazda harakatlanadigan avtobuslar (“garmoshka”), 500 ta gazda yuradigan avtobus va 300 ta elektrobus Yutong kompaniyasidan keltirilmoqda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgacha ulardan 500 tasi Toshkentga keltirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »