Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bundan roppa-rosa 8 yil avval, 2015-yil 2-may sanasida Yarim o‘rta vazn qirollari amerikalik bokschi Floyd Meyvezer va filippinlik Menni Pakyao WBA, WBC va WBO yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamarlari uchun ringga ko‘tarilgandi. 

Foto: Getty Images

Qayd etib o‘tish joiz, jangga qadar bir necha yil va bir necha bor muzokaralar olib borilgan. Dastlabki muzokaralar 2009-yilda bo‘lib o‘tgandi. ESPN nashri Pakyao Meyvezer bilan jang uchun shartnoma imzolaganini xabar qildi. Biroq Pakyao USADA organizatsiyasida doping-testlardan o‘tishni xohlamagani uchun muzokaralar barbod bo‘ladi. 

Keyingi muzokaralar 2010-yil 13-may kuni Bob Arum 13-noyabr sanasida Pakyao va Floyd jangi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. Xuddi birinchisida bo‘lgani kabi bu muzokaralarga ham doping-test mojarolari xalaqit qiladi. 

2014-yil 12-dekabr kuni esa Meyvezer Menniga jang o‘tkazishni taklif qiladi. Va jang 2015-yil 2-may sanasiga belgilanadi. 

Jang AQSHning Las-Vegas shahridagi MGM Grand mehmonxonasi arenasida bo‘lib o‘tgan. 16,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu arenaga chiqarilgan chiptalar bir daqiqada sotilib ketgan. 1500 dan 7500 dollargacha chiqarilgan chiptalar “qora bozor”da 100 ming dollargacha sotilgan. Pakyaoning o‘zi yaqinlari va do‘stlari uchun 900 ta chipta sotib olishga 3—4 million dollar sarflagan.

Mutaxassislar tomonidan “asr jangi” deya e’tirof etilgan bu bahs boks tarixidagi eng qimmatbaho jangga aylandi. Jang natijasidan qat’i nazar amerikalik bokschi 150–180 million dollar, filippinlik esa 100–120 million dollar gonorar olishi aniq edi.

Jangga qadar Meyvezer yarim o‘rta vazn toifasida WBA va WBC yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni edi. Pakyaoda esa WBO yo‘nalishi bo‘yicha titul bor edi. 

Floyd faoliyatida 48-jangga hozirlik ko‘rgan. Bundan avvalgi 47 ta jangning birortasida mag‘lubiyatga uchramagandi. 8 vazn toifasi bo‘yicha chempionlikka erishgan Menni esa 65-jangiga hozirlik ko‘rgan va uning natijalari 57 ta g‘alaba, 2 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat edi.

12 raund davom etgan jangda bokschilar asosan himoyaga e’tibor qaratdi, yakunda Floyd Meyvezer ochkolar evaziga g‘alaba qozondi. Uchala hakam ham amerikalik bokschiga g‘alaba yozdi – 118:110, 116:112, 116:112.

Yengilmas Floyd Meyvezer 48-jangida 48-g‘alabaga erishdi. WBO kamarini boy berib qo‘ygan Menni Pakyao esa 6-mag‘lubiyatiga uchradi.

Oradan yillar o‘tsa-da, bu to‘qnashuv “asr jangi” sifatida e’tirof etiladi. Hozirda Floyd Meyvezer ringni sog‘ingani uchun ko‘rgazmali janglarda ishtirok etib tursa, Menni Pakyao esa siyosatga qiziqib ko‘rdi. 2016-yilda Filippin quyi palatasi senatoriga aylandi. 2020-yilning oxirida o‘nglar partiyasi bo‘lmish “Laban” rahbariga aylandi. 2022-yilgi prezidentlik saylovlariga esa o‘z nomzodini qo‘ygandi. Biroq yakunda Filippin diktatori Ferdinand Markosning o‘g‘li kichik Ferdinand Markos mamlakat prezidentiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »