Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Sh.J. fuqaro M.E.ga tanishlari yordamida Samarqand tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi va C1 darajasidagi milliy sertifikat olib berishi evaziga 7200 AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ch.R. fuqaro G.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida xususiy universitetlardan biriga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi va keyinchalik o‘qishini Guliston davlat universitetiga ko‘chirib berishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.I. fuqaro M.Sh.ga o‘zini Buxoro tibbiyot kollejida ishlashini aytib, uning kelini N.J.ni ushbu taʼlim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1300 AQSH dollarini  qo‘lga kiritgani aniqlangan. F.I. ushbu pullar hisobidan 3,8 million so‘mini qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »