Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning Forbes jurnali 2023-yilning eng ko‘p daromad ko‘radigan sportchilar reytingini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinni egalladi. 37 yoshli futbolchi so‘nggi 12 oyda 123,9 million yevro (136 million dollar) ishlab topgan. Uning 41,9 millioni klubdagi maoshlar (“Manchester Yunayted”, “An-Nassr”), yana 81,9 million yevro turli reklama va homiylik shartnomalaridan kelgan. 

Reytingning o‘tgan yilgi yetakchisi Lionel Messi esa 118,4 million yevro (130 million dollar) daromad qilgan. “PSJ” hujumchisining klubdan oladigan maoshi 68 million yevroni tashkil etadi.

Uchinchi o‘rinni esa “PSJ”ning yana bir futbolchisi Kilian Mbappe egalladi. Fransuzning daromadi 109 million yevroni (120 million dollar) tashkil etadi.  

Eng ko‘p daromad qilgan sportchilar top-10 ligi:

  1. Krishtianu Ronaldu (futbol) — 136 million dollar;
  2. Lionel Messi (futbol) — 130 million;
  3. Kilian Mbappe (futbol) — 120 million;
  4. Lebron Jeyms (basketbol) — 120 million;
  5. Kanelo Alvares (boks) — 110 million;
  6. Dastin Jonson (golf) — 107 million;
  7. Fil Mikelson (golf) — 106 million;
  8. Stefen Karri (basketbol) — 100 million;
  9. Rojer Federer (tennis) — 95 million;
  10. Kevin Dyurant (basketbol) — 89 million. 

Izoh

Javlonbek.A.

03.05.2023, 18:58

Bi jangni vidyosixam kanalga joylash odamlar ko‘rsin

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »