Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya sobiq prezidenti va amaldagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina rahbarini o‘ldirishga chaqirdi. 

Foto: “TASS”

Medvedevning chaqirig‘i Kremlga noma’lum dronlarning hujumi fonida yangradi. Tegishli bayonot uning Telegram kanalida paydo bo‘ldi. Siyosatchiga ko‘ra, “bugungi terakt”dan so‘ng Rossiyada “Zelenskiy va uning kabinasini jismonan yo‘q qilish”dan boshqa iloji yo‘q.

“U hatto so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi aktni imzolashda ham kerak emas. Gitler ham uni imzolamagan. Har doim o‘rinbosar topiladi”, — degan Medvedev.

Putin qarorgohiga hujum

Ukraina 3-mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidentining qarorgohiga dronlar bilan zarba berishga uringani haqida xabar berildi. Ikkita dron Kremlni nishonga olishga qaratilgani, harbiylar va maxsus xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rgan harakatlari natijasida qurilmalar ishdan chiqarilgani ta’kidlandi.

Hujum oqibatida Putin jabrlanmaganini ma’lum qilindi, Rossiya prezidenti hodisa paytida Kremlda bo‘lmagan. Biroq hodisa prezidentga suiqasd qilishga urinish va rejalashtirilgan terrorchilik harakati deb atalgan.

Ukraina prezidenti matbuot kotibi munosabati 

Zelenskiyning matbuot kotibi Ukrainaning Kremldagi hujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi

“Bizda Kremlga tungi hujumlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo prezident Zelenskiy bir necha bor ta’kidlaganidek, Ukraina barcha mavjud kuch va vositalarni o‘z hududlarini ozod qilishga, boshqalarga hujum qilmaslikka yo‘naltiradi.

Terakt bu Dnepr va Umandagi kirish yo‘llari yoki Kramatorskdagi temiryo‘l vokzalidagi raketa otishmasi va boshqa ko‘plab fojialar oqibatida vayron bo‘lgan uylardir”, — deydi Ukraina prezidenti matbuot kotibi.

Zelenskiy qanday munosabat bildirdi?

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z hududida jang olib bormoqda va hududini Rossiyadan himoya qilmoqda. 

“Biz Putinga yoki Moskvaga ham hujum qilmaymiz. O‘z zaminimizda jang qilamiz, qishloq va shaharlarimizni muhofaza qilamiz. Buning uchun ham qurolimiz yetarli emas. Shuning uchun qurollardan boshqa maqsadlarda foydalanmaymiz”, — degan u.

Izoh

Рауфхон

04.05.2023, 10:08

Музокара килиб муроса йулига утиш керак,уни улдирганинг билан унданда баттари келади

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »