Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“PSJ” ultrasi klub ofisi yonida namoyish o‘tkazdi va rahbariyatdan iste’fo talab qildi.

Foto: Getty Images

Aksiya Collectif Ultras Paris (CUP) tomonidan tashkil etilgan. Ular “tizimli va aqlli harakat evaziga oldinga yurishga erishish” maqsadini shior sifatida ko‘rsatgan.

RMC Sport xabariga ko‘ra, “PSJ” ofisi oldida klubning yuzlab muxlislari to‘plangan. Ular o‘zi bilan turli bannerlar va pirotexnika vositalarini olib kelgan.

Muxlislar prezident Nossir al-Heylayfidan iste’fo talab qilgan. Shuningdek, Neymar, Lionel Messi, Marko Veratti kabi futbolchilarni ham ketkazib yuborishni talab qilgan.

Bu kemada kapitan yo‘q. Bizga aktual mavzularga e’tibor qaratadigan, iltimos qilinganda biz bilan yuzma-yuz gaplashadigan prezident kerak. Futbolchilar tufayli yil davomida sharmanda bo‘lyapmiz, — deydi ultras rahbari Romen Mabil.

Ofis oldiga yig‘ilgan muxlislar Messiga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgan. Shuningdek, Neymarning Parijdagi hovlisi atrofida ham muxlislar yig‘ilgan va futbolchidan ketishni talab qilgan.

Avvalroq Messi Liga 1 doirasidagi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin Saudiya Arabistoniga beso‘roq ketib qolgani sabab klub tomonidan ikki haftaga o‘yin va mashg‘ulotlardan chetlatilgani xabar qilingandi.

OAVga ko‘ra, argentinalik futbolchi yozda Parij klubini tark etadi. Unga Saudiya Arabistoni klublari va “Barselona”dan qiziqish bor. Uning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

35 yoshli futbolchi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 15 tadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »